Omonov Nabijon Normamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za navlariga moslanuvchanligi oshirilgan paxta terish apparatlari yaratishning ilmiy-texnik echimlari», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T420.
Ilmiy rahbar: Abdazimov Anvar Daniyarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Shaymardanov Baxtiyor Pardaevich, texnika fanlari doktori, professor; Usarov Sa’dulla, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi rayonlashtirilganva istiqbolli g‘o‘za navlariga moslanuvchanligi oshirilgan paxta terish apparatlari yaratishning ilmiy-texnik echimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta terish mashinasining agrotexnik ko‘rsatkichlarini aniqlashning tezkor usuli ishlab chiqilgan;
paxta terish mashinasi terish apparati kirish qismining kengligi shpindelli baraban radiusi, shpindellarning barabanda joylashish markaziy burchagi, ishchi tirqish kengligining maqbul chegaraviy qiymatlari g‘o‘za tupini ishchi kameraga egilib kirmaslik shartini hisobga olgan holda aniqlangan;
terish apparati barabanidagi shpindellar sonining ratsional qiymatlari mashina ishchi tezligi, shpindelli barabanning parametrlari va shpindelning g‘o‘za qatoriga ishlov berish darajasini hisobga olgan holda aniqlangan;
terish apparatlarini mashinada frontal joylashtirishning sxema va parametrlari apparat ishchi organlarining o‘lchamlari va g‘o‘za qatori kengligi hamda terish apparatiga qulay texnik qarov masofasini hisobga olgan holda asoslangan;
paxta terish mashinalari samaradorligini oshirish imkonini beruvchi avtomatik nazorat va boshqarish tizimlari uchun kirish kattaliklari g‘o‘za tupi va ko‘saklar o‘lchamlari orasidagi korrelyasion bog‘liqliklar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
g‘o‘za navlariga moslanuvchanligi oshirilgan paxta terish apparatlari yaratishning ilmiy-texnik echimlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlarda olingan natijalar asosida:
paxta terish mashinasining agrotexnik ko‘rsatkichlarini tezkor aniqlash usuliga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan («Paxta terish mashinasining agrotexnik ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli», №IAP 05123, 2015 y.). Natijada dala agrofoni va mashina agrotexnik ko‘rsatkichlarini aniqlash muddatini 1,5-2 martaga, sinovlarni o‘tkazishga ketadigan sarf xarajatlarni 25-30 foizga kamaytirish imkonini bergan;
paxta hosilini terishda g‘o‘za navlariga moslanuvchanligi oshirilgan terish apparatlarining konstruksiyasi hamda ularni g‘o‘za qatori oralig‘iga frontal joylashtirish sxemasi Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida joriy etilgan («O’zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 2 apreldagi MK-19-15/546-son ma’lumotnomasi). Natijada muayyan g‘o‘za navlar hosilini terishga moslashgan apparatlarga ega paxta terish mashinalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
vertikal shpindelli paxta terish mashinasi zamonaviy avtomatik nazorat va boshqarish qurilmalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «MKB Traktor» unitar korxonasida loyihalash jarayoniga joriy etilgan («O’zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 2 apreldagi MK-19-15/546-son ma’lumotnomasi). Natijada terim jarayonida paxta terish mashinasining ishchi qismlari ishlashini nazorat qilib borish, mashinada terim to‘liqligini 3-5 foizga oshirish va terilgan hosilning sifat ko‘rsatkichlarini Davlat standarti talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash imkoni yaratilgan.