Dexkonova Maxliyoxon Xusniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energoaktiv deraza bloklari asosidagi insolyasion passiv quyosh isitish tizimlari”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T1634.
Ilmiy rahbar: Avezova Nilufar Rabbanakulovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Nuraddin Azadovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Rutamov Nasim Tulegenovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Insolyasion passiv quyosh isitish tizimlari uchun optik va issiqlik-texnikaviy parametrlari maqbullashtirilgan energoaktiv deraza bloklarining takomillashtirilgan konstruksiyalarini ishlab chiqish va ularning issiqlik samaradorligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energoaktiv deraza blokining mavsumiy ekspluatatsiyaga moslashtirilgan, havo aylanuvchi va qisman qoraytirilgan transformatsiyalanuvchi qatlamga ega uch qavatli takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
Respublika hududining mintaqaviy iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda energoaktiv deraza bloklarining 1 m² yuzasiga nisbatan o‘rtacha soatlik issiqlik yo‘qotishlari (yanvar) va issiqlik kirimlari (iyul) taqsimoti xaritalari ishlab chiqilgan;
energoaktiv deraza blokining issiqlik uzatish koeffisienti, umumiy quyosh energiyasini o‘tkazish koeffisienti va binoning yillik isitish energiya sarfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi empirik formula taklif etilgan; 
energoaktiv deraza bloklari orqali binoning issiqlik yo‘qotishlarini hisoblash uslubi taklif etilgan va an’anaviy oynalarga nisbatan qishki isitish mavsumida, quyoshsiz soatlarda (tun va ertalab) issiqlik yo‘qotishlarini 1,3–2,2 barobarga kamaytirish imkoniyati mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. 
«Energoaktiv deraza bloklar asosidagi insolyasion passiv quyosh isitish tizimlari» mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
havo aylanuvchi va qisman qoraytirilgan qatlamga ega uch qavatli transformatsiyalanuvchi energoaktiv deraza bloki konstruksiyasi (FAP 01930) hamda ular orqali issiqlik yo‘qotishlarini hisoblash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining  2025-yil 17 iyundagi 10/1246 ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur oyna bloklarning energiya samaradorligi mavjud analoglarga nisbatan 7–8% yuqori ekani, qish mavsumida oynalar orqali issiqlik yo‘qotishlarini ikki martagacha kamaytirish va umumiy issiqlik sarfini 15-20% imkonini bergan;
havo aylanuvchi va qisman qoraytirilgan qatlamga ega uch qavatli transformatsiyalanuvchi energoaktiv deraza bloklari (FAP 01930) «JIZZAX METAL PROF» MChJ bino va inshootlar obektlarini loyihalashtirishda joriy qilingan («JIZZAX METAL PROF» MChJ ning 2025 yil 25 iyundagi 02/13 ma’lumotnomasi). Natijada, bino va inshootlarda issiqlik yo‘qotishlarini 40-50% gacha tejash va isitish tizimiga bo‘lgan talabni kamaytirish, qurilish loyihalarida energiya samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish