Yarashov Sanjar Norqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Mahalliy jun tolalaridan “Siro” usulida aralash ip yigirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi
05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoni dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5988.
Ilmiy rahbar: Isaqulov Vohid To‘laganovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Jamshid Kambaralevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi halqali yigirish mashinasi cho‘zish asbobi konstruksiyasini o‘zgartirish orqali mahalliy jun va poliester tolalaridan “Siro” usulida o‘rta chiziqiy zichlikdagi aralash ip yigirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
halqali yigirish mashinasi cho‘zish asbobi chiqaruvchi juflik elementlari konstruksiyasini ratsionallash orqali mahalliy jun va poliester tolalaridan “Siro” usulida aralash ip yigirish texnologiyasi takomillashtirilgan;
halqali yigirish mashinasi cho‘zish juftligida tolalar harakati doimiyligiga va ularning belgilangan miqdorda aralashishiga erishish uchun takomillashtirilgan riflyali silindr konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
halqali yigirish mashinasining chiqaruvchi juftligidagi yangi tavsiya etilayotgan takomillashtirilgan riflyali silindrida tolalarning harakatlanishi va unga ta’sir etayotgan kuchlarni matematik modeli olingan;
halqali yigirish mashinasida sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan ip olish uchun takomillashtirilgan riflyali silindrning qiyalik burchagi hamda urchuq aylanish tezligining maqbul qiymatlari regression matematik model` tenglamalari orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: halqali yigirish mashinasida takomillashtirilgan cho‘zish asbobini ishlab chiqarish sharoitida qo‘llab o‘tkazilgan tajriba natijalari asosida:
halqali yigirish mashinasining chiqaruvchi riflyali silindiriga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (“Yigirish mashinasining riflyali silindiri” № IAP 7720, 2023-y, ) olingan. Natijada mahalliy jun va poliester tolali aralash “Siro” ipini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
mahalliy jun va poliester tolalaridan yangi assortimentdagi o‘rta chiziqiy zichlikdagi “Siro” ip olish takomillashtirilgan texnologiyasi “POLY TEX SIRDARYO” MChJ va “XIVA GILAM KOMBINATI” MChJ korxonalarida joriy qilingan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 24-oktyabrdagi № 02/25-2546 sonli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan cho‘zish asbobini qo‘llab olingan iplarda solishtirma uzish kuchi bo‘yicha ipning mustahkamligi 16,6% ga oshirishga erishilgan.