Burxonov Davronbek Botirali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Furan birikmalari bilan oshlangan charmlarni xossalari va texnologik xususiyatlari” 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5409.
Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Rovshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudanov Ulug‘bek Oybutaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yirik shoxli mol terilarini furfurol asosida ishlov berish texnologiyasini yaratish va tayyor mahsulotning fizik – mexanik hamda kimyoviy xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
furan birikmalarining oshlovchilik xususiyatini e’tiborga olgan xolda mol terilarida an’anaviy qimmatbaho xrom oshlovchisini qisqartirib, o‘rniga furfurol bilan ishlov berish asosida oshlashning takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan;
xrom (III), furfurol, ishlov berilmagan kollagen, xrom (III) va furfurol asosida ishlov berilgan kollagen namunalarining fizik-kimyoviy xossalari IQ-spektr, DSC va rentgenografik tahlil usullari yordamida aniqlangan;
furfurol bilan ishlov berilgan yirik shoxli mol terilarining g‘ovaklar sonini ortishi va o‘lchamlarining kamayganligi charm namunalarini adsorbsion usul yordamida tahlil etish asosida aniqlangan;
yirik shoxli mol terilarining fizik- kimyoviy va mexanik sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilish asosida furfurol bilan oshlangan charm namunalarining mustahkamlik chegarasi va gidrotermik barqarorligi yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yirik shoxli mol terilarini furfurol bilan oshlash texnologiyasi hamda uning yuqori fizik-mexanik ko‘rsatkichlar strukturasi o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yirik shoxli mol terilariga furfurol bilan oshlash texnologiyasi «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi OOO «TOLUT ChARM» MChJ» va “KARA DERI” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2025 yil “24” 09. 01-07/2595-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor charm namunalarining mustahkamlik chegarasi 10,7 MPa ga va uzilishdagi uzayishi 15,2 % ga oshishiga erishilgan.