Asamov Sherali Baykuzievichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘ nomi): “Yong‘in-qutqaruv avtomobillari shinalarining bosib o‘tgan masofalari va ekspluatatsiya me’yorini takomillashtirish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.4.PhD/T5175. 
Ilmiy rahbar: Maxkamov Nurmuxammad Yangiboevich, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponenetlar: Nurmamatova Raxima Raxmonovna, texnika fanlari doktori (DSc), professor, Qo‘ldoshev Ikrombek Hamidullaevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv qismlarida yong‘in va qutqaruv avtomobillarining shinalarini yemirilishi va hisobdan chiqarish bo‘yicha amaldagi ishlab chiqilgan me’yorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotga joriy etish, yong‘in-qutqaruv qismlaridagi texnikalarning shinalarini hisobdan chiqarishni optimallashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo‘yidagilardan iborat:
shinalarning elastiklik xossalari transport vositalarining texnik holatini belgilovchi muhim omillari ekanligi, meyoridan yuqori bosimda shinaning elastik elementlarida ortiqcha deformatsiya yuzaga keltirishi, ichki qatlamlarda haroratning keskin oshishiga va yo‘l bilan kontakt yuzasida emirilish jarayonining tezlashishiga sabab bo‘luvchi omil ekanligi asoslangan;
yong‘in-qutqaruv qisimlaridagi maxsus texnikalarning shinalarini hisobdan chiqarish bo‘yicha amaldagi meyorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asosida optimallashtirish usullari ishlab chiqilgan;
yong‘in-qutqaruv qismlari texnikalaridagi shinalarning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish uchun, shinalarning doimiy yuklama ostida turishi, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish vaqtida shinalarning noqulay agressiv muhitda bo‘lishini tadqiq etishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
yong‘in-qutqaruv qismlarida texnikalar shinalarining soni nazariy modellashtirilgan va dinamik parametrlar asosida ularning ishlash muddatlari baholangan va shu asosida ratsional taqsimlash orqali shinalar resursini o‘rtacha 12 % ga oshirish mumkinligi variantlari ishlab chiqilgan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yong‘in-qutqaruv avtomobillari shinalarining bosib o‘tgan masofalari va ekspluatatsiya meyorini takomillashtirish boyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yong‘in-qutqaruv qisimlaridagi maxsus texnikalarning shinalarini hisobdan chiqarish bo‘yicha amaldagi meyorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asosida optimallashtirish usullari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining joylaridagi yong‘in-qutqaruv qisimlariga amaliyotgagi muammolarning echimini topish uchun  joriy etilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 27-yanvar kunidagi 5/5/30-141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yong‘in-qutqaruv qismlaridagi maxsus texnikalarning shinalarini hisobdan chiqarish bo‘yicha amaldagi meyorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, bir yilda yong‘in-qutqaruv qismlaridagi avtomobillar shinalari resursini o‘rtacha 12 % ga oshirish, yong‘in o‘chirish tezkorligini tizimli oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish