Karimov Bahodir O‘ktam o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘ nomi): “Qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish xavfsizligini  tizimli boshqarishni takomillashtirish”, 05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4719.
Ilmiy rahbar: Raximov Oktyabr Dustkabilovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar:  Samiev Luqmon Nayimovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent, Xujanov Choriyor Ruzievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish xavfsizligini tizimli boshqarishni modellashtirish bilan sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratish asosida takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
“Operator-qishloq xo‘jalik mashinasi-ishlab chiqarish muhiti” tizimining har bir elementi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aniqlash asosida baxsiz hodisalarni kelib chiqish ehtimolligi algoritmi ishlab chiqilgan va tizimdagi “sabab-oqibat” bog‘lanishini «Inkor daraxti» usulida tahlil qilish asosida takomillashtirilgan; 
qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish xavfsizligini tizimli boshqarishning hayotiy sikl bosqichi va xavfsizlikni tizimli boshqarish algoritmini ishlab chiqish orqali xavfsizlik madaniyatini nazorat qilish metodikasi ishchi xodimlarning innovatsion g‘oyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarining bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan; 
QR kodlaridan foydalanishga oid maxsus kodlari ishlab chiqilishi, qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish xavfsizligini tizimli boshqarishning matrisasining asosiy jarayonlarini dekompozisiya qilish orqali xavfsizlikni tizimli boshqarishning modellarini aniqlash asoslangan.
asosiy va kichik jarayonlar dekompozisiyasi koeffisientining balans koeffisienti (A0 –asosiy model  uchun,  Kb = 42/5–10 = 1,6, A1– model uchun,  Kb = 24/4- 7 = 1,0, A2– model  uchun, Kb = 17/3– 6 =0,33) hisob natijalari model darajasi pasayganda balans koeffisientining tizimli mehnat muhofazasini ta’minlashning optimal usullarini ishlab chiqish takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish xavfsizligini tizimli boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tadqiqotda takomillashtirilgan xavfsizlik madaniyatini nazorat qilish metodikasi va xavfsizlikni ta’minlashga oid  tezkor javob kodlarni qo‘llash amaliyoti Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Ulug‘bek tex servis logistik” MChjga, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “ZOMIN AGRO FRUIS” MChjga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 20-dekabrdagi 05/04-04-671-son ma’lumotnomalari). Natijada, tajriba tadqiqotlari o‘tkazilgan korxonalarda jarohatlanish og‘irligi koeffisienti  34 foizgacha, ish kunining yo‘qotilish ko‘rsatkichi 13,1 foizgacha kamaytirish imkonini bergan. 
“Operator-qishloq xo‘jalik mashinasi-ishlab chiqarish muhiti” tizimining har bir elementi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aniqlash asosida baxsiz hodisalarning kelib chiqish ehtimolligi algoritmi Qashqadaryo viloyatidagi “Qarshi Agroklaster”  MChjga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2024-yil 5-noyabrdagi 01-012/4272-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba tadqiqotlari o‘tkazilgan barcha korxonalarda o‘lim bilan tugagan va og‘ir oqibatli baxsiz hodisalar, kichik darajadagi jarohatlanish va shikastlanishlarni 57 foizga, kasallanishlar va boshqa turdagi zararlanishlarni 40 foizga, shuningdek, jami sodir bo‘lgan baxsiz hodisalarni 44,4 foizgacha kamaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish