Abdunabiev Tolib Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni takomillashtirish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2971.
Ilmiy rahbar: Kurbanbaev Shuxrat Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Gapparov Furqat Axmadovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor, Sabirov Erkaboy Erkinbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namanagan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarga yetkaziladigan zarar miqdorini minimallashtiradigan boshqaruv tizimini tadbiq qilish orqali aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish samaradorligini oshirishga erishishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo’yidagilardan iborat:
aholi va hududlar uchun xavf tug‘diruvchi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayoni va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularni monitoring va bashorat qilishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
favqulodda vaziyatlarning tabiiy va texnogen xususiyatlarini, ularning rivojlanish omili va oqibatlarini hisobga olgan holda, sel oqimlari, toshqin suvlari, zilzilalar hamda kimyoviy xavfli obektlardagi avariyalar oqibatlarini bartaraf etish samaradorligini oshirishning ilmiy asoslangan metodologiyasi ishlab chiqilgan;
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda boshqaruv jarayonining tezkorligi, hamkorlik darajasi, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish samaradorligi oshirish, favqulodda vaziyatlar ko‘lamining salbiy oqibatini chegaralash, moddiy zarar miqdorini kamaytirish ko‘rsatkichlarini kompleks baholashning boshqaruv algoritmi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan model va algoritmlar asosida tuzilmalarning harakat tezkorligi 12–15 % ga, hamkorlik samaradorligi 10 % ga, jabrlanganlarni qutqarish 20 % ga, favqulodda vaziyatlar ko‘lamini chegaralash 7–10 % ga, moddiy zarar miqdorini kamaytirish 25–30 % ga oshirilgan, sanitar yo‘qotishlarni esa 15–20 % ga kamaytirish imkoniyati mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni takomillashtirish asosida:
Tadqiqot tajribasida aholi va hududlar uchun xavf tug‘diruvchi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayoni va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularni monitoring va bashorat qilishning matematik modeli ishlab chiqilgan, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha boshqaruvni tashkil etish harakatlar algoritmining amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya tiklash boshqarmasiga va Jizzax viloyati hokimligiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya tiklash boshqarmasining 2023-yil 21-iyun kunidagi 442-sonli, Jizzax viloyati hokimligining 2023-yil 16-oktyabr kunidagi 01-1711-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ishlab chiqilgan model va algoritmlar asosida tuzilmalarning harakat tezkorligi 12–15 % ga, hamkorlik samaradorligi 10 % ga, jabrlanganlarni qutqarish va yordam ko‘rsatish 20 % ga, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo’yicha boshqaruvni tashkil etish harakatlar algoritmi qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlari samaradorligini oshirish imkonini bergan.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda favqulodda vaziyatlar ko‘lami, moddiy zarar miqdori hamda sanitar yo‘qotishlarni kamaytirishga erishilgan tadqiqot natijalari Jizzax va Toshkent viloyatlari FVBlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024-yil 2-maydagi 2/4/21-1410-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, taklif etilayotgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha kuch va vositalar boshqaruvining algoritm va modellari favqulodda vaziyatlar ko‘lamini chegaralash 7–10 % ga, moddiy zarar miqdorini kamaytirish 25–30 % ga oshirilgan, sanitar yo‘qotishlarni esa 15–20 % gacha kamaytirish imkonini bergan.