Abduraxmonov Ramazon Sobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tozalagich mashinalar chiqindilaridan paxta bo‘laklarini samarali ajratib olish uchun regenerator konstruksiyasini takomillashtirish”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5925
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muamolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutidan texnika fanlari doktori, professor Rosulov Ruzimurod Xasanovich, Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot institutidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim Esanov Anvar Axmatovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash mashinalarining chiqindilaridan paxta bo‘laklarini samarali ajratish uchun titkilovchi moslamali regeneratorni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
regeneratorda chiqindilar tarkibidan paxta bo‘laklarini tolani shikastlamasdan ajratish imkonini beruvchi, titkilash, surish va taqsimlash funksiyalarini birlashtirgan qoziqli-vintli ishchi organ konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qoziqli-vintli moslama uchun rezina qoplamali qoziqlar ta’sirini hisobga olgan kinematik-dinamik modeli ishlab chiqilgan, unda vint qadami, qoziq radiusi, burilish burchagi va rezina elastikligining chiqindilarni ajratish samaradorligiga ta’siri asoslab berilgan;
rezina qoplamali qoziqlarning elastikligi va vint bilan paxtaning o‘zaro ta’siridan hosil bo‘ladigan titrash amplitudasining massaga bog‘liqligi nazariy va eksperimental jihatdan o‘rganilib, amplituda, massa va samaradorlik ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lanish ifodalari aniqlangan;
To‘liq omilli tajribalar usuli asosida titkilovchi-taqsimlovchi moslamaning konstruktiv va kinematik parametrlaridan aylanishlar soni, qoziqlar orasidagi masofa hamda vint qadamining chiqindilar tarkibidan paxta bo‘laklarini ajratish samaradorligini maksimal, tolaga mexanik shikastlanishni esa minimal darajada ta’minlaydigan optimal qiymatlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta bo‘laklarini chiqindilardan ajratish konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
takomillashtirilgan paxta regeneratori Surxondaryo viloyati "Termiz Jayhun klasteri" MChJ ga qarashli Jarqo'rg'on paxta tozalash filialining paxtani tozalash sexiga joriy etilgan. (O‘zbekiston respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil № 02/25-2359 sonli malumotnomasi). Natijada paxta regeneratorini takomillashtirishdan I sanoat navli paxta tolasining nuqson va iflos aralashmalar miqdori 2,4 % ni tashkil etib, I nav yaxshi sinfga, IV sanoat navli paxta chiqindilarini regeneratsiyalangandan so‘ng paxtani qayta ishlashdan olingan tolaning nuqson va iflos aralashmalar miqdori 8,2 % ni tashkil etib, IV nav o‘rta sinfli tola olishga erishildi.