Soatov Sharof Anvarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kombinatsiyalashgan diskli borona g‘altakmolasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4728.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ma’rufjon Muxammadjonovich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kombinatsiyalashgan diskli borona g‘altakmolasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash orqali erlarni don va takroriy ekinlarni ekishga tayyorlashda ish sifati va unumini oshirish hamda energiya sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilar iborat: 
kombinatsiyalashgan diskli borona takomillashtirilgan g‘altakmolasining konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni uning diskli yumshatkichlari va tekislagichi tomonidan ishlov berilgan qatlam yuzasi talab darajasida zichlanishi va unda mayin tuproq qatlami hosil qilinishi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
gʼaltakmola katta va kichik plankalari taʼsiri ostidagi tuproqning deformatsiyalanish kattaligi ularning radiusi, plankalar qalinligi, ishlov berish chuqurligi hamda gʼaltakmolaning sirpanish koeffisientini hisobga olgan holda aniqlangan; 
takomillashtirilgan g‘altakmolaga beriladigan tik yuklanish  uning katta va kichik plankalari tuproqqa to‘liq botib ishlashi shartidan kelib chiqib asoslangan;
takomillashtirilgan g‘altakmolaning diametri, katta va kichik plankalari soni, unga beriladigan solishtirma tik bosim kuchi va agregat harakat tezligi uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinatsiyalashgan diskli borona g‘altakmolasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tavsiya etilayotgan takomillashtirilgan g‘altakmola bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan diskli boronaga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining foydali modelga (“Tuproqqa ishlov beradigan diskli qurol”, FAP 2436 – 2024-y.) patenti olingan. Natijada daladan bir o‘tishda tuproqni ekishga tayyorlash bo‘yicha barcha texnologik jarayonlarni qo‘shib bajarish imkonini beradigan kombinatsiyalashgan diskli borona yaratilgan; 
tavsiya etilayotgan takomillashtirilgan g‘altakmola bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan diskli borona Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligi va Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “ABDUMANNOP PIRIMQULOV” va “BEK” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/01-05/02-05/04-03-174-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarga ekish oldidan ishlov berishda umumiy harajatlar 2,83 foizga, mehnat sarfi esa 2,70 foizga kamaygan; 
kombinatsiyalashgan diskli boronaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “AGRIXIM” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/01-05/02-05/04-03-174-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan takomillashtirilgan g‘altakmola bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan diskli boronani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish