Omonov Dilmurat Sadievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yomg‘irlatib sug‘orish apparati uchun qamrash kengligini oshirish moslamasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3989.
Ilmiy rahbar: Xudayarov Zafarjon Jumaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Rustam Raximovich, texnika fanlari doktori, professor; Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi past bosimda ishlovchi konsolli yomg‘irlatib sug‘orish apparati uchun qamrash kengligini oshiruvchi moslamani ishlab chiqish orqali uning ish unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat: 
suyuqlik oqimi tezligining o‘zgarish qonuniyatlariga asoslanib, yomg‘irlatib sug‘orish apparatlari uchun sun’iy tomchining harakatini boshqarish orqali dala yuzasida suvning tekis taqsimlanishini ta’minlaydigan qamrov kengligini oshirish moslamasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qamrov kengligini oshirish moslamasi hosil qilgan suv tomchisining boshlang‘ich uchish tezligi Venturi prinsipiga asoslangan yomg‘irlatish naychalaridagi suyuqlik harakatini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar orqali aniqlangan;
suv tomchisining uchish masofasi va dala yuzasida taqsimlanishi suyuqlik oqimi parametrlarini boshqarish orqali hosil qilingan sun’iy tomchining boshlang‘ich uchish tezligi va muhit qarshilik kuchlarini ifodalovchi matematik modellar va analitik ifodalar hisobga olinib keltirib chiqarilgan;
dala yuzasida hosil qilingan suv miqdori va samarali sug‘orilgan maydonning qamrash kengligi qamrov kengligini oshirish moslamasining konstruktiv va texnologik parametrlari hisobga olinib aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yomg‘irlatib sug‘orish apparatlari uchun qamrash kengligini oshirish moslamasining konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yomg‘irlatib sug‘orish apparatlari uchun qamrash kengligini oshirish moslamasining dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi”ning 2025 - yil 27 - iyundagi 01/01-01-010-son ma’lumotnomasi) Natijada yomg‘irlatib sug‘orish qurilmalarining ish unumini oshirish uchun qamrash kengligini oshirish moslamasining texnologik jarayonini va unumini aniqlash imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan qamrash kengligini oshirish moslamasi bilan jihozlangan yomg‘irlatib sug‘orish apparati “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi”, “Irrigatsiya va suv muammolari” ITI qoshidagi “Suv xo‘jaligi muxandislik markazi” va Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv-tajriba maydonlari dalalarida sinovlardan o‘tgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi”ning 2025-yil 27-iyundagi 01/01-01-010-son ma’lumotnomasi). Natijada apparatning qamrash kengligi 44 metrdan 56 metrga oshgan12 metrga, ish unumi 21,4 foizga oshgan. Mehnat sarfi va elektr energiyasini tejash hisobiga iqtisodiy samaradorlik E_y= 19 176,5 ming so‘mni tashkil etgan;
yomg‘irlatib sug‘orish apparatlari uchun qamrash kengligini oshirish moslamasining tadqiqotining ilmiy natijalari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fermerlarining “Fermer maktabi” MChJ tomonidan klaster va fermer xo‘jaliklari xodimlarini qayta tayyorlash kurslarida o‘quv-amaliy qo‘llanma sifatida foydalanish uchun qabul qilingan (“Fermer maktabi” MChJ ning 2025-yildagi 16-iyun 18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jalik ekinlarini tejamkor sug‘orish texnologiyalarini, jumladan yomg‘irlatish kengligini oshirish moslamasi bilan jihozlangan yomg‘irlatib sug‘orish apparatlarining joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish