Yaqubova Yoqutjon Abdullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida nutqiy ta'sir aktlarining ifodalanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3321.
Ilmiy rahbar: Umurzoqova Marhabo Egamberdievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilida nutqiy ta’sir aktlarining ifodalanishini ochib berishdan iborat.
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy ta’sir tushunchasining nutqiy ta’sir aktiga nisbatan keng  qamrovga ega ekani, nutqiy ta’sir aktining amalga oshishini kuchaytiruvchi va susaytiruvchi omillar tizimi mavjudligi, nutqiy ta’sir aktining nafaqat lingvistik, balki paralingvistik, kinestetik va vizual-ekstralingvistik vositalar orqali ham ifodalanishi, perlokutiv natijaning yuzaga chiqishida verbal va noverbal vositalarning bir vaqtda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
buyruq, so‘roq, iltimos va maslahat aktlari ta’sir xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanishi, har bir akt turining so‘zlovchi niyati va nutq vaziyatiga moslashuvi hamda tinglovchiga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi turlicha ekani, shuningdek, muloqot jarayonining samaradorligida   ijtimoiy-differensial omillar – yosh, gender, ijtimoiy maqomning muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan;    
nutqiy ta’sir aktining yuzaga kelish xarakteriga ko‘ra ixtiyoriy (tinglovchining so‘zlovchi tomonidan aytilgan gapga hech qanday tashqi bosim yoki majburlovsiz javob berishi), ixtiyorsiz (tinglovchining so‘zlovchi maqsadiga nisbatan ichki qarshilik yoki tashqi bosim ostida bergan javobi) va amalga oshmagan (tinglovchining so‘zlovchi tomonidan bildirilgan illokutiv maqsadni rad etishi yoki unga zid harakat bilan javob berishi) nutqiy ta’sir akti turlari aniqlangan;
ikkinchi darajali adresant (axborot (kontent) yaratgan hamda tarqatgan shaxs: jurnal, bloger, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa boshqaruvchisi (administratori)) va ikkinchi darajali adresat (uni kuzatuvchi yoki o‘quvchi ijtimoiy auditoriya) tushunchalari zamonaviy nutqiy akt nazariyasining raqamli kontekstdagi tushunchalari sifatida asoslangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida nutqiy ta’sir aktlarining ifodalanishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
nutqiy ta’sir tushunchasining nutqiy aktga nisbatan keng  qamrovga ega  ekani, nutqiy ta’sir aktining amalga oshishini kuchaytiruvchi va susaytiruvchi omillar tizimi mavjudligi, nutqiy ta’sir aktining nafaqat lingvistik, balki paralingvistik, kinestetik va vizual-ekstralingvistik vositalar orqali ham ifodalanishi, perlokutiv natijaning yuzaga chiqishida verbal va noverbal vositalarning  bir vaqtda namoyon bo‘lishi xususidagi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida2021–2023- yillarda bajarilgan  IL - 402104474 raqamli “Bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish”   innovatsion loyihasida  foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-iyuldagi 01/4-3238-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma materiallari pragmatik va sotsiopragmatik jihatdan amaliy ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek, kelajakda nutq madaniyati, stilistika va pedagogika sohalarida qo‘llanish mumkinligiga oid materiallar bilan boyitilgan; 
buyruq, so‘roq, iltimos va maslahat aktlari ta’sir xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanishi, har bir akt turining so‘zlovchi niyati va nutq vaziyatiga moslashuvi hamda tinglovchiga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi turlicha ekani, shuningdek, muloqot jarayonining samaradorligida yosh, gender, ijtimoiy maqomning muhim ahamiyat kasb etishi xususidagi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023- yillarda bajarilgan “RZ-202004165. Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-iyul 01/4-3237-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma materiallari nutqiy aktlar, o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga oid yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan; 
nutqiy ta’sir aktining yuzaga kelish xarakteriga ko‘ra ixtiyoriy (tinglovchining so‘zlovchi tomonidan aytilgan gapga hech qanday tashqi bosim yoki majburlovsiz javob berishi), ixtiyorsiz (tinglovchining so‘zlovchi maqsadiga nisbatan ichki qarshilik yoki tashqi bosim ta’sirida bergan javobi) va amalga oshmagan (tinglovchining so‘zlovchi tomonidan bildirilgan illokutiv maqsadni rad etishi yoki unga zid harakat bilan javob berishi) nutqiy ta’sir akti turlari haqidagi ilmiy xulosalardan  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-  yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli  “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-sentyabr 01/4-4171-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiy korpusida foydalanish mumkin bo‘lgan yondashuvlar bilan boyitilgan; 
ikkinchi darajali adresant (axborot (kontent) yaratgan hamda tarqatgan shaxs: jurnal, bloger, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa boshqaruvchisi (administratori)) va ikkinchi darajali adresat (uni kuzatuvchi yoki o‘quvchi ijtimoiy auditoriya) tushunchalari zamonaviy nutqiy akt nazariyasining raqamli kontekstdagi tushunchalari  xususidagi  ilmiy ma’lumotlardan  Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining  “Assalom, Xorazm!” ko‘rsatuvi dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyuldagi 
554-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda axborotni maqsadli tarzda etkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish