Allaberganova Nilufar Matnazar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi reklama matnlarining lingvokognitiv xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3249.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
         Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor,
Mamatov Abdug‘afur Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
        Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
   Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi reklamalarni lisoniy birliklar  imkoniyatlari asosida rellashadigan, o‘z navbatida, tilni ommalashtirishga xizmat qiladigan alohida matn turi sifatida tavsiflash, adresant tafakkuri, maqsadini aks ettiruvhi verbal vositalarning kognitiv-semantik belgilarini asoslashdan iborat. 
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reklamaning  matn qaysi matn turiga xosligi o‘rganilgan, o‘ziga xos belgilariga ko‘ra alohida matn turi ekanligi,  yondosh tushunchalar: e’lon, marketing, afisha, varaqa (Leaflet), banner, plakatlardan  farqi asoslangan;
           o‘zbek reklama matnlaridagi yuqori baholi so‘zlar, buyruq-xitob so‘zlari, neologizmlar, urfdagi so‘zlarning kognitiv-semantik vazifasi ochib berilgan; lingvokognitiv xususiyatlari, matn samaradorligiga ta’sir qilish darajasi tahlil qilingan; 
          qofiya, takrorlarning kognitiv-semantik vazifasi reklama matni samaradorligini ta’minlashi,  presuppozision ma’no ifodalayotgan lingvistik va ekstralingvistik vositalar tahlili asosida o‘zbek tilidagi reklama matnlarining linvokognitiv mohiyati ochib berilgan; 
          reklama matnlarining resipientga ta’siri va mazmunni  iste’molchi ongiga etkazish usullari kognitiv-semantik jihatdan tahlil qilinib, reklama matnlarining kognitiv modellari ko‘rsatib berilgan; reklama matnllarining o‘zbek tili imkoniyatlari va so‘zlarni ommalashtirishdagi o‘rni asoslangan.  
       IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi reklama matnlarining lingvokognitiv xususiyatlarini tadqiq etish natijasida olingan ilmiy xulosalar  asosida:
reklamaning  matn qaysi matn turiga xosligi tekshirilib, o‘ziga xos belgilariga ko‘ra alohida matn turi ekanligi,  yondosh tushunchalar: e’lon, marketing, afisha, varaqa (Leaflet), banner, plakatlardan  farqi asoslangani bo‘yicha olingan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda   bajarilgan  A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” davlat amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-iyundagi 01/4-2470-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan xulosalar asosida reklamalarda qo‘llanadigan ayrim mahsulot nomlari loyiha materiallarining uslubiy rang-barangligini ta’minlashga  xizmat qilgan;
           o‘zbek reklama matnlaridagi yuqori baholi so‘zlar, buyruq-xitob so‘zlari, neologizmlar, urfdagi so‘zlarning kognitiv-semantik vazifasi ochib berilgan; lingvokognitiv xususiyatlari, matn samaradorligiga ta’sir qilish darajasi isbotlangani asosida olingan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023- yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini  yaratish” loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-iyundagi 01/4-2556-son ma’lumotnomasi). Natijada,  reklama matnlarining axborot berish, ma’lumot to‘plash, uzatish, da’vat etish vazifalari  korpus ma’lumotlar bazasining boyishini ta’minlagan;
qofiya, takrorlarning kognitiv-semantik vazifasi reklama matni samaradorligini ta’minlashi,  presuppozision ma’no ifodalayotgan lingvistik va ekstralingvistik vositalar tahlili asosida o‘zbek tilidagi reklama matnlarining linvokognitiv mohiyati ochib berilganligi bo‘yicha xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023- yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini  yaratish” loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-iyundagi 01/4-2556-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan xulosalar reklama matnlarini tizimli ravishda yig‘ish, belgilash (annotatsiya qilish) va tahlil etishda muhim ahamiyat kasb etib, o‘zbek tilining ta’limiy korpusida reklama diskursiga oid matnlarni kognitiv-semantik, pragmatik va presuppozision belgilar asosida tasniflash uchun xizmat qilgan.
reklama matnlarining resipientga ta’siri va xabarni iste’molchi ongiga etkazish usullari bo‘yicha ilgari surilgan xulosa hamda tavsiyalardan Xorazm viloyat teleradiokanali tomonidan 2024-yil 6-dekabr kuni efirga uzatilgan “Adabiy muhit” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Xorazm” teleradiokanalining 2025- yil 13-iyundagi 432-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv materiallarining iqtisodiy mazmundagi matnlar bilan boyitilishi, o‘zbek tili imkoniyatlarining ilmiy-ommabop uslubda yoritilishiga erishilgan; 

Yangiliklarga obuna bo‘lish