Malikov Akrom Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy “G‘aroyib us-sig‘ar” devoni kontekstining nazariy masalalari”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.2.PhD/Fil4738.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sodirxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mahmudov Umedullo Akmaliddin o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “G‘aroyib us-sig‘ar” devoni kontekstida Alisher Navoiy matnlarini amaliy va  nazariy jihatdan tadqiq qilish hamda devonning yig‘ma  matnini tuzishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matnshunoslik sohasining fundamental asoslarini tizimlashda matn nazariyasi, nazariy va amaliy matnshunoslikning aniq ta’riflari ishlab chiqilib, o‘zbek matnshunosligida ilk bor matnga kontekstual tahlil asosida yondashish tajribasi qo‘llanilgan;
yig‘ma va ilmiy-tanqidiy matnlarnining tayanch va yordamchi nusxalarni tanlash va tavsiflashdagi umumiylik; yig‘ma matn maqsadi – matn xususiyatlarini to‘liq ko‘rsatish, ilmiy-tanqidiy matnning maqsadi muallif variant deya taqdim qilinishi bilan jiddiy farqlanishi ko‘rsatilgan, ilmiy-tanqidiy matn tuzish zarur nusxalarini aniqlash, saralash; tabdil tayyorlash va lug‘at bilan ishlash; qoralama sharh yaratish; muallifning ifodaviy qonuniyatlarini aniqlash; yordamchi nusxalarni ishga jalb qilish va qiyoslash; ilmiy-tanqidiy matnni shakllantirish; ishni tekshirish, tahrirlash va yakunlash kabi qatʼiy bosqichlari haqida yondashuvlar misollar asosida dalillangan;  
manbalarning “G‘aroyib us-sig‘ar” devoni bor deya ko‘rsatilgan qo‘lyozmalari tahlilga tortilgan va chalkash ma’lumotlar oydinlashtirilib, tekshirishlar natijasida 4 ta nusxa (Parij milliy kutubxonasi, Gallika fondi, № Turc317-raqamli qo‘lyozma; TDShQI, asosiy fond, № 677-raqamli qo‘lyozma; To‘pqopi saroy-muzeyi, Fotih fondi, № 4056-raqamli qo‘lyozma; To‘pqopi saroy-muzeyi, Revan fondi, № 808-raqamli qo‘lyozma)da tarkibidagi “G‘aroyib us-sig‘ar” devoni matnining farq va tafovutlari aniqlangan;
“G‘aroyib us-sig‘ar” devoni yig‘ma matni tayyorlangan va shu paytgacha Alisher Navoiy asarlari nashrlarida uchramagan 1 ta g‘azal va 1 bayt aniqlanib, “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi so‘zlar lug‘ati mumtoz lug‘atchilik an’anasiga ko‘ra tayorlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘aroyib us-sig‘ar” devoni kontekstining nazariy masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
matnshunoslik sohasining fundamental asoslarini tizimlashda matn nazariyasi, nazariy va amaliy matnshunoslikning aniq ta’riflari ishlab chiqilgani, o‘zbek matnshunosligida ilk bor matnga kontekstual tahlil asosida yondashish tajribasi qo‘llanilganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgangan I3-2021020813-raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 31-oktyabrdagi № 01-3104-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi matnshunoslik sohasining fundamental asoslarini tizimlashda matn nazariyasi, nazariy va amaliy matnshunoslikning aniq ta’riflari haqida yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan; 
Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devoni o‘rin olgan qo‘lyozma nusxalar (Parij milliy kutubxonasi, Gallika fondi, № Turc317-raqamli qo‘lyozma; TDShQI, asosiy fond, № 677-raqamli qo‘lyozma; To‘pqopi saroy-muzeyi, Fotih fondi, № 4056-raqamli qo‘lyozma; To‘pqopi saroy-muzeyi, Revan fondi, № 808-raqamli qo‘lyozma) tarkibidagi she’rlar matniga oid farq va tafovutlarning aniqlangani; yig‘ma-qiyosiy va ilmiy-tanqidiy matnlarning farqlari ko‘rsatilgani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish”  mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 31-oktyabrdagi № 01-3105-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha Navoiy asarlarida qo‘llanilgan so‘zlarning elektron lug‘atini yaratishda qulayliklar yaratish haqidagi yangi ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyishiga erishilgan;
yig‘ma va ilmiy-tanqidiy matnlarning farqlari ko‘rsatilgan, ilmiy-tanqidiy matn tuzishning qatʼiy bosqichlari haqida yondashuvlar masalasiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgangan I3-2021020813-raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 31-oktyabrdagi № 01-3104-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy xulosalari  yig‘ma-qiyosiy va ilmiy-tanqidiy matnlarning farqlari, ilmiy-tanqidiy matn tuzish tamoyillari haqida materiallar bilan boyitilgan;
matnshunoslik sohasining fundamental asoslarini tizimlashda matn nazariyasi, nazariy va amaliy matnshunoslikning aniq ta’riflari ishlab chiqilib, o‘zbek matnshunosligida ilk bor matnga kontekstual tahlil asosida yondashish tajribasi qo‘llanilgan  ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining “Ma’rifat chiroqlari” radio dasturini tayyorlashda foydalanilib (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasining 2025-yil, 9-dekabrdagi 30-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar ilmiy va ma’rifiy jihatdan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish