Abdullaeva Sevara Nuriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyalari, 13.00.03 –Maxsus pedagogika (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1 PhD/Ped 4825.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Yakubjanova Dilobar Botirovna pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; dotsent Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alaliya nutq nuqsonining xususiyatlari, alaliyali bolalarda nutq shakllanishining o‘ziga xos jihatlari va mazkur nutq buzilishini korreksiyalashning pedagogik imkoniyatlari alaliyaning fiziologik, lingvistik, psixolingvistik jihatlariga nisbatan neyrolingvistik, klinik yondashuv asosida alaliyaning nevrologik va psixopatologik buzilishlari tavsifiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyalari predmetlarga xos alohida xususiyatlarning elementar sezgisini rivojlantirish, hissiy va harakatlanish hamda predmetli-amaliy faoliyat tajribasini boyitish, amaliy mashg‘ulotlar, vizual vositalar, harakatli o‘yinlar, logopedik topshiriqlar va individual yondashuvlar asosida bolalarda makon va vaqt munosabatlarini anglash, ularni nutqda qo‘llash, fikrni ketma-ket bayon etish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonining modeli motivatsion-diagnostik, mazmunli-faoliyatli, tuzilmaviy-rivojlantiruvchi, natijalarni baholovchi bosqichlarning o‘zaro aloqadorligi hamda alaliyali bolalarning mustahkam og‘zaki nutqiy malakalarini shakllantirishda psixologik qo‘llab-quvvatlovchi, ijtimoiy faol, sog‘lomlashtiruvchi, individual va interfaollikni talab etuvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish asosida takomillashtirilgan;
alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish etiologik-tashxis, psixolingvistik, neyropsixologik, didaktik-kommunikativ, individual-differensial yondashuvlar orqali izchil, mantiqiy va bog‘langan nutqni hosil qilishga xizmat qiladigan bosqichli o‘zaro ta’sirli mashg‘ulotlar majmuasi, nutqiy komponentlarning bir butun tizim sifatida rivojlanishining ijobiy dinamikasi, nutq komponentlarining shakllanishi, alaliyali bolalarda og‘zaki nutqning tarkibiy komponentlarini o‘zaro uzviylikda rivojlantiruvchi, o‘zaro aloqadorlikka ega pedagogik-diagnostik mezonlar asosida tuzilgan kompleks logopedik texnologiyalarning samaradorligi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi tasdiqlangan. Alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari dastlabki nutqiy tomonining shakllanganlik darajasining dastlabki holatini o‘rganish hamda fazoviy munosabatlarini aks ettirishda idrok qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llarini ko‘rsatish asosida aniqlashga oid takliflar “Fonopediya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 11-05-3855/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada alaliya holatini pedagogik va psixologik jihatdan o‘rganish;nutqiy rivojlanishning bosqichlarini tahlil qilishga erishilgan;
alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyalari noverbal muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan korreksion ish natijadorligini oshirish hamda logopedik ta’sir imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fonopediya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 11-05-3855/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va vositalarni aniqlashga sharoit yaratilgan.
alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni verbal muloqotga ko‘ra ta’lim subektlari munosabatidagi interaktivlikni oddiydan murakkabga qarab oshirib borish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fonopediya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 11-05-3855/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada logopedik ishlar jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash samaradorligi oshgan.
Alaliyali bolalarda dastlabki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligi shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan logopedik korreksiya usullaridan ratsional foydalanish, o‘yin terapiyasi elementlarini kiritish hamda guruhli terapiya ta’sir imkoniyatlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fonopediya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 11-05-3855/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada eksperimental ishlar orqali ularning samaradorligini baholashga erishilgan.