Pirniyazova Natalya Vasilevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka oshirish tizimida kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6161.
Ilmiy rahbar: Aldjanova Guljaxan Amangeldievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning psixologik-pedagogik xususiyatlari shaxsiy, kognitiv, predmetli-faoliyatli va tahliliy-refleksiv kabi tarkibiy asoslar bilan tyutorlik, real sharoitlarda o‘qitishni individuallashtirish va modellashtirish kabi androgogik jihatlarning o‘zaro muvofiqligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning mezonlari fasilitatsion jarayonning ekspertli, motivatsion, loyihaviy, metodik, texnologik, maslahatli, boshqaruvga doir, diagnostik funksiyalarini an’anaviy va innovatsion yondashuvlarga xos ko‘rsatkichlari validligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning pedagogik modelini texnologik komponenti diagnostik, motivatsion, maqsadni belgilash, loyihalash, tashkiliy-boshqaruv, baholash-natijaviy bosqichlarga muvofiq tarzda didaktik algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-protsessual, mazmunli-maqsadli, metodik-instrumental kabi didaktik shartlari tizimlilik, kasbiy yo‘naltirilganlik, uzlyuksizlik, modullilik, individuallik, subektlilik, dialoglilik tamoyillarining insonparvar, akmeologik, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar bilan identifikatsiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning psixologik-pedagogik xususiyatlarini shaxsiy, kognitiv, predmetli-faoliyatli va tahliliy-refleksiv kabi tarkibiy asoslar bilan tyutorlik, real sharoitlarda o‘qitishni individuallashtirish va modellashtirish kabi androgogik jihatlarning o‘zaro muvofiqligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan “Umumiy pedagogika va psixologiya (Obshhaya pedagogika i psixologiya)” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 818393 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘z-o‘zini tashkillashtirish va rivojlantirishga doir bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning mezonlarini fasilitatsion jarayonning ekspertli, motivatsion, loyihaviy, metodik, texnologik, maslahatli, boshqaruvga doir, diagnostik funksiyalarini an’anaviy va innovatsion yondashuvlarga xos ko‘rsatkichlari validligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan “Redagogik amaliyotni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar (Redagogikaliq àmeliyatin shólkemlestiriw hàm ótkeriw boyinsha metodikaliq kórsetpeler)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-189 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik amaliyot jarayonida “4+2” sxemasi bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining “pedagog-ustoz”likka tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning pedagogik modelini texnologik komponentini diagnostik, motivatsion, maqsadni belgilash, loyihalash, tashkiliy-boshqaruv, baholash-natijaviy bosqichlarga muvofiq tarzda didaktik algoritmni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir takliflardan “Emotsional soha diagnostikasi metodikasi (Metodika diagnostiki emotsional`noy sferi)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-446 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash jarayonini modellashtirishga xizmat qilgan;
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-protsessual, mazmunli-maqsadli, metodik-instrumental kabi didaktik shartlarini tizimlilik, kasbiy yo‘naltirilganlik, uzlyuksizlik, modullilik, individuallik, subektlilik, dialoglilik tamoyillarining insonparvar, akmeologik, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar bilan identifikatsiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir takliflardan “Umumiy pedagogika va psixologiya (Obshhaya pedagogika i psixologiya)” o‘quv qo‘llanmasini i ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 197085 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishiga doir fasilitatorlik tizimi bilan bog‘liq nazariyalarni integratsiyalashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish