Nazarov Komil Shamsuddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston respublikasida ichki ishlar idoralari faoliyati tarixi (1991 – 2021yy) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar1572
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori. professor., Yu.Ergasheva va tarix fanlari doktori. professor. A.Ermetov.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar idoralari faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi masalalarini tarixiy yondashuvlar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi arafasida, Ichki ishlar organlari sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ularning natijalari, mustaqillikning ilk yillarida jamoat tartibi va uning xavfsizligni saqlashda ichki ishlar organlarining roli manbalar va tarixiy hujjatlar asosida dalillangan;
Mustaqillik yillarida ichki ishlar organlari sohasida amalga oshirilgan islohotlar, sohaning huquqiy asoslari yaratilishi, zamon talabi darajasidagi yangilanishi, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlashda «Majmua», «Tozalash», «Tun mashʼali», «Nazorat», «Qoradori», «Turmush», «Gʼamxo‘rlik», «Qidiruv» kabi tadbirlar o‘tkazilganligi kabi masalalari ochib berilgan;
Ichki ishlar organlari sohasida kadrlar tayyorlash jarayoni va uning uchun moddiy texnika bazasining yaratilishi, kadrlar tayyorlashning yangicha mezonlarining yaratilishi shuningdek, Ichki ishlar organlari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan, jumladan xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash, uni oldini olish borasida Xitoy, Rossiya, AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Yaponiya, Singapur, Polsha, Isroil, Angliya va MDH davlatlari hamda BMT, EHXT, EII, MKKK (qizil xoch) Germaniya texnika xamkorlik jamiyati (GIZ), JSST bilan hamkorlik aloqalari va uning natijalari asoslangan;
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamoat xavfsizligi va unga solingan tahdidlarning oldini olishda ichki ishlar organlarining o‘rni, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarni, bajarilayotgan ishlar muhimligi va ko‘lamini eʼtiborga olgan holda ichki ishlar organlari barcha darajadagi bo‘linmalarining vazifa va funksiyalari aniq belgilanganligi tashkiliy-shtat tuzilmasini maqbullashtirish, kuch va vositalardan oqilona foydalanish choralari ko‘rilganligi, shuningdek, voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish bo‘yicha olib borilgan profilaktik tadbirlar va ularning natijalari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar, xulosalar va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi arafasida, Ichki ishlar organlari sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ularning natijalari, mustaqillikning ilk yillarida jamoat tartibi va uning xavfsizligni saqlashda ichki ishlar organlarining roliga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yilning 6 dekabrdagi 02-31-1842-son ma’lumotnomasi). Bu esa tomonoshabinlarda mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan islohotlar bilan yaqindan tanishish imkonini beradi;
mustaqillik yillarida ichki ishlar organlari sohasida amalga oshirilgan islohotlar, sohaning huquqiy asoslari yaratilishi, zamon talabi darajasidagi yangilanishi, shuningdek, jamaot xavfsizligini ta’minlashda «Majmua», «Tozalash», «Tun mash'ali», «Nazorat», «Qoradori», «Turmush», «G'amxo‘rlik», «Qidiruv» kabi tadbirlar o‘tkazilganligiga oid tarixiy-ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yilning 6 dekabrdagi 02-31-1842-son ma’lumotnomasi). Mazkur holat keng jamoatchilik orasida ichki ishlar organlarining mamlakat xavfsizligiga solingan tahdidlarning qay tariqa bartaraf etganligi to‘g'risida tushunchalar hosil qiladi;
ichki ishlar organlari sohasida kadrlar tayyorlash jarayoni va uning uchun moddiy texnika bazasining yaratilishi, kadrlar tayyorlashning yangicha mezonlarining yaratilishi shuningdek, Ichki ishlar organlari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan, jumladan xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash, uni oldini olish borasida Xitoy, Rossiya, AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Yaponiya, Singapur, Polsha, Isroil, Angliya va MDH davlatlari hamda BMT, EXHT, EII, MKKK (qizil xoch) Germaniya texnika xamkorlik jamiyati (GIZ), JSST bilan hamkorlik aloqalari va uning natijalariga oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 14 avgustdagi 212-1418-son dalolatnomasi). Bu esa sohada yangi faoliyat boshlagan xodimlarning ilmiy bilimlarini boyishiga xizmat qiladi;
mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamoat xavfsizligi va unga solingan tahdidlarning oldini olishda ichki ishlar organlarining o‘rni, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarni, bajarilayotgan ishlar muhimligi va ko‘lamini e'tiborga olgan holda ichki ishlar organlari barcha darajadagi bo‘linmalarining vazifa va funksiyalari aniq belgilanganligi tashkiliy-shtat tuzilmasini maqbullashtirish, kuch va vositalardan oqilona foydalanish choralari ko‘rilganligi, shuningdek, voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish bo‘yicha olib borilgan profilaktik tadbirlar va ularning natijalariga oid tarixiy dalillardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 14 avgustdagi 212-1418-son dalolatnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi ishlab chiqilayotgan rejalar samaradorligining ortishiga xizmat qiladi.