Sobirov Shaxzod Ozod o‘g‘lining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalq ta’limi muassasalarini raqamli texnologiyalar asosida samarali rivojlantirish”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5664
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xashimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashmuhamedova Karima Samatovna iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori,dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq ta’limi muassasalarini raqamli texnologiyalar  asosida samarali rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab bitiruvchilarining universitetga kirishga tayyorligini aniqlash va natijaviy unumdorligini oshirishning sxematik ko‘rinishining iqtisodiy-ijtimoiy hamda axborot kuzatuvlar asosida mualliflik yondashuvi ishlab chiqilgan;
bitiruvchilarning universitetga kirish darajasini baholashda fan-qiziqish-o‘zlashtirish integrallashgan modeliga Sertifikat Kompetensiya Indeksi kiritish asosidagi na’munaviy usuli taklif etilgan;
bitiruvchilarining universitetga kirishdagi umumiy natijalarini ijtimoiy-iqtisodiy kuzatuvlar asosida 2030-yilga qadar umumiy qamrov darajasining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
https://uzbmb.uz/ platformasidagi verifikatsiya tizimini Education Management Information System platformasi bilan integratsiyalashgan jarayonining samarali rivojlantirish usuli ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
        Xalq ta’limi muassasalarini raqamli texnologiyalar asosida samarali rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
maktab bitiruvchilarining universitetga kirishga tayyorligini aniqlash va natijadorligini oshirishning sxematik ko‘rinishining iqtisodiy-ijtimoiy va axborot kuzatuvlar asosida mualliflik yondashuvi bo‘yicha taklif Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “AKTni joriy etish va raqamlashtirish” boshqarmasiga tatbiq etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 
03-33-3078-sonli maʼlumotnomasi). Taklif natijasida xalq taʼlimi muassasalarida universitetga kirishga tayyorlik darajasini 2024-yilda 10–19% gacha oshirishga erishilgan;
bitiruvchilarning universitetga kirish darajasini baholashda fan-qiziqish-o‘zlashtirish integrallashgan modeliga Sertifikat Kompetensiya Indeksi kiritish asosidagi na’munaviy usuli  yondashuvi bo‘yicha taklif Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “AKTni joriy etish va raqamlashtirish” boshqarmasiga tatbiq etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi
03-33-3078-sonli maʼlumotnomasi). Natijada 36% o‘quvchilar texnik yo‘nalish uchun, 28% ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga mosligi, 22% amaliy kasb-hunar sohasi uchun mosligi va 14% qo‘shimcha tayyorlovga muhtoj ekanligini aniqlashga erishilgan;
    bitiruvchilarining umumiy natijalarini ijtimoiy-iqtisodiy kuzatuvlar asosida 2030-yilga qadar umumiy qamrov darajasining prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “AKTni joriy etish va raqamlashtirish” boshqarmasiga tatbiq etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 03-33-3078-sonli maʼlumotnomasi). Natijada umumiy qamrov darajasi 2030-yilga kelib 66,1 foizga etishi mumkinligi aniqlangan;
https://uzbmb.uz/ platformasidagi verifikatsiya tizimini Education Management Information System platformasi bilan integratsiyalashgan jarayonining samarali rivojlantirish usuli bo‘yicha taklif Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “AKTni joriy etish va raqamlashtirish” boshqarmasiga tatbiq etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 84-02-5036-sonli dalolatnomasi). Natijada xavfsizlik darajasi oshgan, qog‘ozbozlik va inson omili 10 foizga qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish