Toshpo‘latov Xusanboy Jo‘raboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda viktimologik profilaktikaning o‘rni”
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/1621
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Iminov Begzod Begijonovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ganiev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor. Musaev Faxriddin Abdusattorovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda viktimologik profilaktikaning o‘rnini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning globallashuvi sharoitida inson omilini tadqiq etish zarurati sababli, “viktim” va “viktimologik profilaktika”ning ijtimoiy-falsafiy mohiyati hamda “ijtimoiy-ma’naviy muhit”ga ta’sir o‘tkazuvchi omillar (ijtimoiy guruh, qatlamlar, jamiyatdagi tartib-qoidalar)ning ijtimoiy ahamiyati ilmiy jihatdan asoslantirilgan;
shaxs xulq-atvoridagi og‘ishlarning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlashtirish ehtiyoji sababli, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi viktimologik omillar shunchaki “qurbon haqida ta’limot” emas, balki “jabrlanuvchi” tomonidan tavakkalchilik, o‘ylamasdan qilingan engiltaklik bilan yo‘l qo‘yilgan xavfli harakat yoki harakatsizlik ekanligi asoslantirilgan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadga muvofiqligi sababli, jamiyatda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashda “viktimologik profilaktika” jabrlanuvchilarni qurbon bo‘lib qolmasliklarining “oldini olish” tizimi ekanligi xorijiy tajribalar misolida asoslantirilgan;
jinoyatchilik determinatsiyasida jabrlanuvchi shaxsining tutgan o‘rnini tizimli tahlil qilish muhimligi sababli, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligida “zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar viktimligi”ning ijtimoiy-ruhiy omillari (mastlik, jismoniy va ruhiy nuqsonlar) hamda sha’n, qadr-qimmat va mulk muhofazasiga e’tiborsizlik kabi holatlarning muhit barqarorligiga deterministik ta’sirga ega ekanligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda viktimologik profilaktikaning o‘rni bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga doir ilmiy konsepsiyalarning ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida “muhit”, “ijtimoiy muhit”, “ijtimoiy-ma’naviy muhit” tushunchalarining falsafiy mazmuni konkretlashtirilgan, ilmiy ta’riflariga aniqlik kiritilgan hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitga ta’sir o‘tkazuvchi omillar (ijtimoiy guruh, qatlamlar, jamiyatdagi tartib-qoidalar)ning ijtimoiy, sotsiologik va umumfalsafiy ahamiyati asoslanganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil uchun “2.3.Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘limi”da belgilangan “Yoshlarning keng qatlamlarini jalb etgan holda jamiyatga yot bo‘lgan g‘oyalar, axloqiy buzuqlik va salbiy illatlarga immunitetni mustahkamlash maqsadida “Har bir yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!” shiori ostida ma’naviyat festivallarini tashkil etish” bandida belgilangan yo‘nalishi doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 14-iyuldagi 4-10-21-3840-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda umumijtimoiy viktimologik profilaktikani yaratish vazifalari va istiqbollarini yoshlar orasida targ‘ib qilish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.
“Viktimologiya” tushunchasi “qurbon haqida ta’limot” sifatida tarjima qilinishi, unga “qurbon” tushunchasidan ko‘ra, “jabrlanuvchi” tushunchasi nisbatan ma’qul variant ekanligi, u shaxsning tavakkalchilik, o‘ylamasdan engiltaklik bilan yo‘l qo‘ygan xavfli harakati yoki harakatsizligi sifatida ta’riflanishi, “viktimologik profilaktika” jabrlanuvchilarni qurbon bo‘lib qolmasliklarining “oldini olish” tizimi ekanligi mantiqiy argumentlar asosida ochib berilganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdissiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 14-iyuldagi 04/11-9142-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi viktimologik omillarni nazariy asoslashga xizmat qilgan.
Viktim xulq-atvorni shakllantiruvchi omillar, holatlar, vaziyatlarni aniqlash asosida viktimligi yuqori bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatish orqali viktimologik profilaktikaning jabrlanuvchilarni jinoyatdan ogohlantirish, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, ishontirish va majburlash kabi imkoniyatlaridan profilaktik tadbirlarda foydalanish samaradorligi ijtimoiy determinizm tamoyili asosida ochib berilganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil uchun “2.3.Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘limi”da belgilangan “Yoshlarning keng qatlamlarini jalb etgan holda jamiyatga yot bo‘lgan g‘oyalar, axloqiy buzuqlik va salbiy illatlarga immunitetni mustahkamlash maqsadida “Har bir yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!” shiori ostida ma’naviyat festivallarini tashkil etish” bandida belgilangan yo‘nalishi doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 14-iyuldagi 4-10-21-3840-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda umumijtimoiy viktimologik profilaktikani yaratish vazifalari va istiqbollarini yoshlar orasida targ‘ib qilish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Viktimologik profilaktika choralarini ko‘rishda jabrlanuvchining roli, ya’ni, jabrlanuvchining holati (mast bo‘lishi, jismoniy va ruhiy kamchiligi), sha’ni, qadr-qimmati, mulkining muhofazasiga e’tiborsizligi, engiltaklik (o‘g‘rilik, nomusga tegish), oldin sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan xabar bermaslik, noqonuniy bitimlar tuzish (firibgarlik, poraxo‘rlik) jabrlanuvchilik omilini keltirib chiqarishi va bu jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga ta’siri ochib berilganligiga oid ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 21-iyuldagi 05-09-1195-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda umumijtimoiy viktimologik profilaktikani yaratish vazifalari va istiqbollarini targ‘ib qilish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.