Abduraxmonov Umidjon Usmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda yoshlar intellektual salohiyatini oshirish mexanizmlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1130
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Aymatov Aminjon Qudratovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Nazar falsafa fanlari doktori, professor. Ramatov Jumaniyoz Sultonovich falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlarining intellektual salohiyatini oshirish mexanizmlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar “intellektual salohiyat”ining gnoseologik yo‘nalishlarda inson tafakkurining qonuniyatlarini miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishini takomillashgani ochib berilgan;
yoshlar intellektual salohiyatining ma’naviy ko‘rinishlari (yoshlarning shaxsiy sifatlari, dunyoqarashi va ma’naviy g‘oyalari, ularning qarorlar va xulq-atvorlari) ga ta’siri alohida kontentda ma’naviy fazilatlar sigatida ochib berilgan;
intellektual imkoniyatlarni amalga oshirish jarayonida yoshlarning kasb mahoratini egallashi (ta’limning moddiy va ma’naviy resurslarini boshqarishning innovatsion usullari)ni ijtimoiy mexanizmlari ekanligi asoslangan;
intellektual salohiyat yo‘nalishiga oid kategoriya (intellektual innovatsiyalar, intellektual mulk, ijodkorlik, inson kapitali)lari ijtimoiy jarayonlar sifatida qo‘llanilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyat sharoitida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy omillari bo’yicha olingan tadqiqot natiјalari asosida:
intellektual salohiyatni amalga oshirishning ijtimoiy mexanizmlari ta’limning moddiy va ma’naviy resurslarini boshqarishning innovatsion shakllariga oid tadqiqot ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish” 37-bandi “Yangi O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy portreti”ni yaratish loyihasi bo‘yicha Harakatlar dasturini ishlab chiqish va vazirlik va idoralar bilan amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 19-apreldagi 01/19-540-son Ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O’zbekistonda yoshlar intellektual salohiyatini oshirish mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
intellektual salohiyatning yoshlar onggida ma’naviy xulq-atvor o‘zgarishiga ta’siri, kasbiy mahorat egallashidagi ahamiyati, bilimlarni boshqarish paradigmasi, yoshlar onggida tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyalardagi o‘ziga xos talqini ilmiy-amaliy jihatlari hamda intellektual salohiyatning moslashuvchan, dinamik, funksional, institutsional, fenomenologik, jamiyatdagi konvergent va divergent jarayonlarbilan bog‘liq jihatlari kabi ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yillik ish rejasi bilan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan “PhD sari qadam” tadbirlar ssenariysini ishlab chiqishda, shuningdek, tadqiqot natijalari va tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan nazariy qarashlar, tadqiqot usullari va yondashuvlar, mavzu doirasida ilmiy maqolalar yozishda, respublika va xalqaro konferensiyalardagi chiqishlar qilishda, taklif va tavsiyalardan agentlikning hududiy bo‘limlari ish reja va chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Pespublikasi Yoshlar ishlari Agentligining 2024-yil 30-avgustdagi 02-13-21-4595-son Ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar bilan ma’anviy-ma’rifiy mazmundagi tadbirlarni amalga oshirishda, vazirlik va idoralardagi yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarlari, ma’ruza va tarqatma materiallarini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
intellektual salohiyat yo‘nalishiga oid kategoriyalar-intellektual innovatsiyalar, intellektual mulk, ijodkorlik, kapitallarni turli ijtimoiy jarayonlar va bosqichlar kontekstida qo‘llanilishiga oid ilmiy yangiliklaridan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nazariy-metodologik asos sifatida foydalangan (O‘zbekiston Pespublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 6-maydagi 04/27-926-son Ma’lumotnomasi). Natijada bilimlarni boshqarishda intellektual salohiyat jarayonini jamiyat hayoti va inson dunyoqarashiga ta’sirini o‘rganishda sifatiy sotsiologik tadqiqotlarni nazariy-metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;
intellektual salohiyatning yoshlar onggida ma’naviy xulq-atvor o‘zgarishiga ta’siri, kasbiy mahorat egallashidagi ahamiyati, bilimlarni boshqarish paradigmasi, yoshlar onggida tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyalardagi o‘ziga xos talqini ilmiy-amaliy jihatlari hamda intellektual salohiyatning moslashuvchan, dinamik, funksional, institutsional, fenomenologik, jamiyatdagi konvergent va divergent jarayonlar bilan bog‘liq jihatlariga oid tadqiqot ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahalllarni metodik ta’minlash o‘quv-uslubiy markazining “Har bir mahallaga 2 nafar dasturchi” chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahalllarni metodik ta’minlash o‘quv-uslubiy markazining 2024-yil 2-dekabrdagi 01-03/10-son Dalolatnomasi). Natijada, yoshlar bilan ma’anviy-ma’rifiy mazmundagi tadbirlarni amalga oshirishda, vazirlik va idoralardagi yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarlari, ma’ruza va tarqatma materiallarini shakllantirishga xizmat qilgan.