Uktamov Xusniddin Faxriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, “Sanoat korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt473
Ilmiy maslahatchi: iqtisod fanlari doktori, professor Burxanov Aktam Usmanovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., akademik G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, t.f.d., professor Iskenderov Axmed Maksetbaevich, i.f.d., dotsent Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Sanoat korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va iqtisodiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy xavflarni aniqlik bilan tahlil qilish, sanoat subektlarining strategik qarorlarini optimallashtirishda kimyo sanoatidagi iqtisodiy xavfsizlikni integral baholash shkalasi yuqori darajada xavfsiz [>0,9], o‘rtacha darajada xavfsiz [0,75;0,9], o‘rtachadan pastroq darajada xavfsiz [0,5;0,75], xavfli [0,3;0,5], kritik darajada [<0,3] kabi mezonlar asosida takomillashtirilgan;
kimyo sanoati korxonalarida iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki omillarning salbiy ta’sir: F5 → ECsec6 (-0.132), F6 → ECsec6 (-0.105), F11 → ECsec5 (-0.089) va F10 → ECsec5 (-0.060) hamda  ijobiy: F4 → ECsec5 (0.089), F5 → ECsec5 (0.058), F8 → ESsec1 (0.025) va F9 → ESsec3 (0.016) ta’sir koeffisientlari SEM-Path modeli asosida aniqlash orqali mikro darajadagi latent omillarni tartibga solish taklif etilgan; 
kompleks risklarni aniqlash, ularning oqibatlarini oldini olishga qaratilgan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash strategiyasi Failure Mode and Effecs Analysis metodologiyasi hamda kiberxavfsizlik sohasidagi risklarni baholash texnikalarini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan; 
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi kimyo sanoati korxonalari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar asosida 2030 yilgacha rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan; 
“korxonaning iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasi korporativ resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlikni saqlash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda strategik maqsadlarga erishish imkoniyatini kafolatlaydigan moliyaviy, texnologik va axborot himoyasini o‘z ichiga olgan uslubiy yondoshuvi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sanoat korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
iqtisodiy xavflarni aniqlik bilan tahlil qilish, sanoat subektlarining strategik qarorlarini optimallashtirishda kimyo sanoatidagi iqtisodiy xavfsizlikni integral baholash shkalasi yuqori darajada xavfsiz [>0,9], o‘rtacha darajada xavfsiz [0,75;0,9], o‘rtachadan pastroq darajada xavfsiz [0,5;0,75], xavfli [0,3;0,5], kritik darajada [<0,3] kabi mezonlar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 6 iyundagi 15-488-son ma’lumotnomasi). Natijada, Navoiazot AJ iqtisodiy xavfsizlikka salbiy ta’sir etuvchi moliyaviy tahdidlar aniqlanib bartaraf etilishi oqibatida 2023 yilda to‘lov qobiliyati koeffisienti o‘tgan  yilga nisbatan 1,42 punktga oshgan, Farg‘onaazot AJ da 2023 yilda xuddi shu koeffisient 2022 yilga nisbatan 0,26 punktga oshgan; 
kimyo sanoati korxonalarida iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki omillarning salbiy ta’sir: F5 → ECsec6 (-0.132), F6 → ECsec6 (-0.105), F11 → ECsec5 (-0.089) va F10 → ECsec5 (-0.060) hamda  ijobiy: F4 → ECsec5 (0.089), F5 → ECsec5 (0.058), F8 → ESsec1 (0.025) va F9 → ESsec3 (0.016) ta’sir koeffisientlari SEM-Path modeli asosida aniqlash orqali mikro darajadagi latent omillarni tartibga solish taklifi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 6 iyundagi 15-488-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Navoiazot” AJ va “Farg‘onaazot” AJ da iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
“kompleks risklarni aniqlash, ularning oqibatlarini oldini olishga qaratilgan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash strategiyasi Failure Mode and Effecs Analysis metodologiyasi hamda kiberxavfsizlik sohasidagi risklarni baholash texnikalarini integratsiyalash orqali takomillashtirish taklifi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 6 iyundagi 15-488-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Navoiazot” AJ va “Farg‘onaazot” AJning strategik davrda rivojlanishnign asosiy parametrlarini tuzatish imkoni yaratilgan; 
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi kimyo sanoati korxonalari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar asosida 2030 yilgacha rivojlanishining prognoz ssenariylariga doir taklifi O‘zbekistonda 2035 yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 6 iyundagi 15-488-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda 2035 yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli parametrlariga tuzatishlari kiritilgan;  
“korxonaning iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasi korporativ resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlikni saqlash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda strategik maqsadlarga erishish imkoniyatini kafolatlaydigan moliyaviy, texnologik va axborot himoyasini o‘z ichiga olgan uslubiy yondoshuvi takomillashtirishga doir taklifi “Korxona iqtisodiy xavfsizligi” qabul qiilingan va amaliyotga joriy etilgan (TDIUning 2023 yil 28-avgustdagi 272-son buyrug‘i). Natijada, talabalarda korxonaning tashqi va ichki tahdidlarga qarshi barqaror faoliyat yuritish, korporativ resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlikni saqlash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda strategik maqsadlarga erishish imkoniyatini kafolatlaydigan moliyaviy, texnologik va axborot himoyasini o‘z ichiga olgan kompleks holati tushunchasini shakllanishiga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish