Tashpulatov Giyos Toxirovichning 
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingi metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt542.
Ilmiy maslahatchi: Shoha'zamiy Shohmansur Shohnazir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01.
Rasmiy opponentlar: Norov Akmal Ruzimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizamiddin Xamraevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Abdikarimova Dinara Rustamxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotning raqamli transformatsiyalanishi sharoitida baholovchi tashkilotlar reytingi baholanishi va renkingi aniqlanishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ichki va tashqi omillar ta’sirida baholovchi tashkilotlar reytingini baholash va renkingini aniqlashda qo‘llaniluvchi sifat va miqdor indekslarining ekvivalent kategoriyalar ekanligi hamda ular asosida reyting baholashning kompleks yondashuvi va toroidal shakldagi regulyativ model asoslangan; 
O‘zbekistondagi baholovchi tashkilotlar faoliyatini sifat, miqdor va kompleks indekslar asosida baholashga imkon beruvchi, xalqaro reyting agentliklari mezonlariga moslashtirilgan [1–10] investision, [11–21] spekulyativ va [22–25; –n] defolt toifalari kabi milliy universal kross-reyting shkalasi taklif etilgan;
baholovchi tashkilotlar faoliyatining muvaffaqiyatliligi hamda baholash xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini prognozlashda normallashtirilgan sifat va miqdor reyting indekslaridan foydalanishga asoslangan empirik metod taklif qilingan;
baholovchi tashkilotlarning 0,75 vazn koeffisientiga keltirilgan miqdor reyting indekslari hamda 0,25 vazn koeffisientiga keltirilgan sifat reyting indekslari asosida shakllantirilgan baholash natijalarini yirik, o‘rta va kichik pog‘onalardagi renking guruhlarga ajratish orqali ularning umumiy reytingini aniqlovchi metodika ishlab chiqilgan; 
baholash jarayonining maqsadli ravishda shaffofligini oshirish, obektiv reyting-renking natijalarini shakllantirishda reyting va renking metodikalari asosida baholovchi tashkilotlar faoliyatini sifat va miqdoriy indikatorlar orqali avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlashni ta’minlaydigan raqamlashtirish modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 ichki va tashqi omillar ta’sirida baholovchi tashkilotlar reytingini baholash va renkingini aniqlashda qo‘llaniluvchi sifat va miqdor indekslarining ekvivalent kategoriyalar ekanligi hamda ular asosida reyting baholashning kompleks yondashuvi va toroidal shakldagi regulyativ modeliga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 1-avgustdagi 02/11-17/2360-son ma’lumotnomasi). Natijada, reyting agentliklar tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini sifat va miqdor indekslar asosida renkingini aniqlash va reytingini baholash jarayonidagi hisoblash ishlari hajmini 30 foizga qisqartirgan;
O‘zbekistondagi baholovchi tashkilotlar faoliyatini sifat, miqdor va kompleks indekslar asosida baholashga imkon beruvchi, xalqaro reyting agentliklari mezonlariga moslashtirilgan [1–10] investision, [11–21] spekulyativ va [22–25; –n] defolt toifalari kabi milliy universal kross-reyting shkalasiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 1-avgustdagi 02/11-17/2360-son ma’lumotnomasi). Natijada, universal o‘tish shkalasi va undan foydalanish prinsipi O‘zbekistondagi baholovchi tashkilotlar faoliyatining reyting va renking baholarini dunyodagi uchta eng yirik xalqaro reyting agentliklari shkalalari darajasiga qanchalik uzoq yoki yaqinlashganligini bilish imkonini yaratgan;
baholovchi tashkilotlar faoliyatining muvaffaqiyatliligi hamda baholash xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini prognozlashda normallashtirilgan sifat va miqdor reyting indekslaridan foydalanishga asoslangan empirik metodga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 1-avgustdagi 02/11-17/2360-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu model asosida prognozlashtirish natijalari bilan ikki barobarga to‘ldirib, reyting agentliklari xizmati ishonchliligini oshirgan;
baholovchi tashkilotlarning 0,75 vazn koeffisientiga keltirilgan miqdor reyting indekslari hamda 0,25 vazn koeffisientiga keltirilgan sifat reyting indekslari asosida shakllantirilgan baholash natijalarini yirik, o‘rta va kichik pog‘onalardagi renking guruhlarga ajratish orqali ularning umumiy reytingini aniqlovchi metodikasiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 1-avgustdagi 02/11-17/2360-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur metodikaning amaliyotda qo‘llanilishi taklif etilgan kompleks yondashuvni to‘ldirgan holda baholash tashkilotlarning 0,75 vaznga keltirilgan MRI va 0,25 vaznga keltirilgan SRI ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular muvaffaqiyatliligi va raqobatbardoshliligi darajasini uchta renking pog‘ona doirasidagi reyting baholari orqali aniqlash imkonini bergan;
baholash jarayonining maqsadli ravishda shaffofligini oshirish, obektiv reyting-renking natijalarini shakllantirishda reyting va renking metodikalari asosida baholovchi tashkilotlar faoliyatini sifat va miqdoriy indikatorlar orqali avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlashni ta’minlaydigan raqamlashtirish modeliga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 1-avgustdagi 02/11-17/2360-son ma’lumotnomasi). Natijada, baholash xizmatlari bozorida joriy qilinishi unga ixtisoslashgan reyting agentliklari tomonidan baholovchi tashkilotlar reytingi va renkingini tahliliy baholash va prognoz qilish faoliyati tezkorligini kamida uch barobarga oshirishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish