Jubanova Bayramgul Aymuratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt580
Ilmiy maslaxatshi: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Absalamov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Alimardanov Ilxom Muzrobshoevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion loyihalarini moliyalashtirish manbalari diversifikatsiya qilinishini yanada rivojlantirish maqsadida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangicha va muqobil instrumentlarini yaratish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion loyihalarini moliyalashtirish samaradorligini oshirishda davlat orqali moliyalashtirish tizimi sifatida davlat tomonidan kafillik moliyaviy yordami ko‘rsatish va innovatsion loyihalarni imtiyozli kreditlashni yanada takomillashtirish taklif etilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion loyihalarini moliyalashtirish tizimini samarali tashkil etish va rivojlantirishning ularni eksport hajmi va yangi ish o‘rinlari sonini oshirishga ta'siri asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarida risk va qaytimni optimal miqyosda baholash va resurslar taqsimotining strategik samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi institutsional mexanizmni shakllantirishda innovatsion loyihalarini moliyalashtirish samaradorligini aniqlash va baholash metodologiyasi ishlab chiqilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion loyihalarini moliyalashtirish natijasida ularning 2030 yilgacha innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichlari prognozi ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotga quyidagicha joriy etilgan:
tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion loyihalarini moliyalashtirish manbalari diversifikatsiya qilinishini yanada rivojlantirish maqsadida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangicha va muqobil instrumentlarini yaratishga doir taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, hamda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2025 yil 30 yanvardagi VJ-22/08-112-son dalolatnomasi; “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ning 2025 yil 26 martdagi 02/22-1748-sonli dalolatnomasi). Natijada, 2024 yilni yanvar-noyabr oylarida tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasida ajratilgan kreditlar hajmi 2023 yilga nisbatan 2888,8 mlrd. so‘mga oshib, 4961,0 mlrd. so‘m (2023 yilda 2072,2 mlrd. so‘m) ni tashkil etgan, shuningdek 2024 yilda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan taqdim etilgan yordamlar miqdori 2023 yilga nisbatan 2,1 baravarga oshgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion loyihalarini moliyalashtirish samaradorligini oshirishda davlat orqali moliyalashtirish tizimi sifatida davlat tomonidan kafillik moliyaviy yordami ko‘rsatish va innovatsion loyihalarni imtiyozli kreditlashni yanada takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan qabul qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2025 yil 30 yanvardagi VJ-22/08-112-son dalolatnomasi). Natijada, 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari bo‘yicha ajratilgan kreditlar soni 2022 yilga nisbatan 11 foizga oshib, 472021 ta (2022 yilda 424538 ta) ni tashkil etgan, 2024 yilning yanvar-noyabrida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga ajratilgan kreditlar hajmi 2023 yilga nisbatan 3 barobarga oshib, 30883,9 mlrd. so‘m (2023 yilda 10134,1 mlrd. so‘m) ni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda tadbirkorlik va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari hisobidan ajratilgan kreditlar hajmi 2022 yilga nisbatan 2,4 barobar ko‘proq miqdorni tashkil etib, 2848 mln. AQSh dollari (2022 yilda 1191,5 mln. AQSh dollari) dan iborat bo‘lgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion loyihalarini moliyalashtirish tizimini samarali tashkil etish va rivojlantirishning ularni eksport hajmi va yangi ish o‘rinlari sonini oshirishga ta'siriga oid taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, hamda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2025 yil 30 yanvardagi VJ-22/08-112-son dalolatnomasi; “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ning 2025 yil 26 martdagi 02/22-1748-sonli dalolatnomasi). Natijada, 2024 yilda kichik tadbirkorlik sub’ektlarining mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 2023 yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘proq miqdorni tashkil etib, 9,0 mlrd AQSh dollari (2023 yilda 6,9 mlrd. AQSh dollari) dan iborat bo‘lgan, shuningdek 2024 yilda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni 2023 yilga nisbatan 1,1 baravarga oshgan;
tadbirkorlik sub’ektlarida risk va qaytimni optimal miqyosda baholash va resurslar taqsimotining strategik samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi institutsional mexanizmni shakllantirishda innovatsion loyihalarini moliyalashtirish samaradorligini aniqlash va baholash metodologiyaga oid taklif Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ning 2025 yil 26 martdagi 02/22-1748-sonli dalolatnomasi). Natijada, 2024 yilda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalari soni 3,3 baravarga oshgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion loyihalarini moliyalashtirish natijasida ularning 2030 yilgacha innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichlari prognozi ssenariylariga doir taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan qabul qilingan (Vazirlikning 2025 yil 30 yanvardagi VJ-22/08-112-son dalolatnomasi). Natijada, Vazirlik tomonidan 2030 yilgacha tadbirkorlik sub’ektlari innovatsion loyihalarining keng miqyosda moliyalashtirilishiga erishishning ta'minlanishi qayd etilgan.