Akbarov Husniddinjon Mo‘ysin o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida valyuta operatsiyalari metodologiyasini takomillashtirish”,
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt690
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, proffessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, proffessor; Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida valyuta operatsiyalari metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari likvidligi va xorijiy investisiyalar hajmining har bir foizga oshishi xorijiy valyutadagi depozitlar miqdorini kamida 0,80 foizga ko‘paytirishi empirik jihatdan aniqlangan holda, valyuta depozitlarining muddat strukturasini optimallashtirishda tijorat banklari aktivlari portfelini “Sodiq mijoz” modeli asosida muddatlar bo‘yicha segmentlarga ajratish mexanizmini joriy etish taklif etilgan;
milliy valyutani xorijiy valyutaga nisbatan almashinuv kursi, ichki iqtisodiyotdagi inflatsiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlarining kompleks tahlili asosida valyuta pozisiyasini boshqarish va valyuta operatsiyalari samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifi asoslangan;
tijorat banklari amaliyotiga “Valyuta risklarini boshqarish platformasi”ni joriy etish vositasida birjadan tashqari valyuta bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri forvard hamda kross-valyuta svop kabi valyutaviy instrumentlarni takomillashtirish asosida valyuta kursi tebranishidan kelib chiqadigan risklarni sezilarli darajada kamaytirish mexanizmini shakllantirish taklif etilgan;
iqtisodiyotda dollarlashuv darajasini pasaytirishga qaratilgan “Dedollarizatsiya” modelining joriy etilishi asosida tijorat banklari aktiv-majburiyatlarni boshqarishdagi valyuta nomuvofiqligi (currency mismatch)ning qisqarishi hamda foiz stavkalari shakllanishida milliy valyutaning rolini kuchaytirish orqali banklarning likvidlik va rentabelligini boshqarish samaradorligi oshishi asoslangan;
tijorat bankda valyuta operatsiyalari metodologiyasini takomillashtirish vositasida bankning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida valyuta operatsiyalari metodologiyasini takomillashtirishning asosiy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari likvidligi va xorijiy investisiyalar hajmining har bir foizga oshishi xorijiy valyutadagi depozitlar miqdorini kamida 0,80 foizga ko‘paytirishi empirik jihatdan aniqlangan holda, valyuta depozitlarining muddat strukturasini optimallashtirishda tijorat banklari aktivlari portfelini “Sodiq mijoz” modeli asosida muddatlar bo‘yicha segmentlarga ajratish mexanizmini joriy etish taklifi ATB “Mikrokreditbank” amaliyotida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2025yil 16-sentyabrdagi № 05-12/19606-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB “Mikrokreditbank”ning valyuta operatsiyalari hajmi 2025-yil 1-yanvar holatiga 16.200,0 mlrd.so‘mni tashkil qilgan holda bu oldingi yilga nisbatan 1.400,0 mlrd.so‘mga oshishiga olib kelgan;
milliy valyutani xorijiy valyutaga nisbatan almashinuv kursi, ichki iqtisodiyotdagi inflatsiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlarining kompleks tahlili asosida valyuta pozisiyasini boshqarish va valyuta operatsiyalari samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifi ATB “Mikrokreditbank” amaliyotida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2025yil 16-sentyabrdagi
№ 05-12/19606-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB “Mikrokreditbank”ning valyuta operatsiyalaridan olingan sof daromadi 2025 yil 1-yanvar holatiga oldingi yilga nisbatan 2.050,0 mlrd.so‘mga ya’ni 15,2 foizga oshirishiga olib kelgan imkonini bergan;
tijorat banklari amaliyotiga “Valyuta risklarini boshqarish platformasi”ni joriy etish vositasida birjadan tashqari valyuta bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri forvard hamda kross-valyuta svop kabi valyutaviy instrumentlarni takomillashtirish asosida valyuta kursi tebranishidan kelib chiqadigan risklarni sezilarli darajada kamaytirish mexanizmini shakllantirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” amaliyotida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2025yil 16-sentyabrdagi № 05-12/19606-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB “Mikrokreditbank”ning 2025 yil 1-yanvar holatiga valyuta kursi tebranishidan ko‘rilgan zarar miqdori oldingi yilga nibatan 54,8 foizga kamaytirish imkonini bergan;
iqtisodiyotda dollarlashuv darajasini pasaytirishga qaratilgan “Dedollarizatsiya” modelining joriy etilishi asosida tijorat banklari aktiv-majburiyatlarni boshqarishdagi valyuta nomuvofiqligi (currency mismatch)ning qisqarishi hamda foiz stavkalari shakllanishida milliy valyutaning rolini kuchaytirish orqali banklarning likvidlik va rentabelligini boshqarish samaradorligi oshishiga doir taklifi ATB “Mikrokreditbank” amaliyotida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2025yil 16-sentyabrdagi № 05-12/19606-son ma’lumotnomasi). Natijada ATB “Mikrokreditbank”ning sof valyuta daromadi 2024 yilda 1.780,0 mlrd so‘mdan 2025 yil 1-yanvar holatiga 2.040,0 mlrd so‘mga, ya’ni 14,6 foizga oshishiga olib kelgan;
tijorat bankda valyuta operatsiyalari metodologiyasini takomillashtirish vositasida bankning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylariga doir taklifidan ATB “Mikrokreditbank” amaliyotida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2025yil 16-sentyabrdagi № 05-12/19606-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu prognozdan ATB “Mikrokreditbank”ning 2030 yilga qadar rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan.