Abdukayumov Abduvaxid Abduvasikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5372
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Burxonov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot   universiteti Toshkent fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari aktivlar konsentratsiyasidan kelib chiqadigan risklarni pasaytirish, investision portfelida yuzaga keluvchi tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida boshqa tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlariga investisiya ulushini oshirish orqali portfelni diversifikatsiyalash usulini qo‘llash taklif etilgan;
banklarning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, uzoq muddatli va nisbatan arzon moliyaviy resurslarni jalb etish maqsadida barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan moliyaviy instrumentlarga bo‘lgan talabning ortib borayotgani inobatga olgan holda ESG talablari asosida “Yashil” va “Ijtimoiy” obligasiyalar chiqarish taklif etilgan;
investorlar uchun moliyaviy instrumentlarning jozibadorligini oshirish va kredit riskini kompensatsiyalashda bank tasarufidagi mikromoliya va faktoring tashkilotlari obligatsiyalarini asosiy stavkasidan 5-6 foiz yuqori kupon stavka bilan emissiya qilish taklif etilgan;
banklarning kapital bozoridagi rolini kengaytirishda fintex texnologiyalari orqali raqamlashtirilgan savdo platformalarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida ularning investisiya vositachisi sifatida ishtirok etishi taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari aktivlar konsentratsiyasidan kelib chiqadigan risklarni pasaytirish, investision portfelida yuzaga keluvchi tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida boshqa tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlariga investisiya ulushini oshirish orqali portfelni diversifikatsiyalash usulini qo‘llash taklifi AT “Mikrokreditbank”ning yillik moliyaviy rejalar ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (AT “Mikrokreditbank”ning 2025 yil 20 avgustdagi 04-26/17148-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil 1-avgustda 2024-yil 1-avgustga nisbatan bankning investisiya portfeli 2,1 barobarga, bankning resurs bazasi 0,6 foizga oshgan holda bank aktivlarini diversifikatsiyalash ta’minlangan;
banklarning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, uzoq muddatli va nisbatan arzon moliyaviy resurslarni jalb etish maqsadida barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan moliyaviy instrumentlarga bo‘lgan talabning ortib borayotgani inobatga olgan holda ESG talablari asosida “Yashil” va “Ijtimoiy” obligasiyalar chiqarishga doir taklifi AT “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2026-2030 yillarda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olindi (AT “Mikrokreditbank”ning 2025 yil 20 avgustdagi 04-26/17148-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning kapital bazasi 2024 yil 1-avgustga nisbatan oshishi ta’minlagan;
investorlar uchun moliyaviy instrumentlarning jozibadorligini oshirish va kredit riskini kompensatsiyalashda bank tasarufidagi mikromoliya va faktoring tashkilotlari obligatsiyalarini asosiy stavkasidan 5-6 foiz yuqori kupon stavka bilan emissiya qilish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2030-yilga mo‘ljallangan bankning umumiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Mikrokreditbank”ning 2025 yil 20 avgustdagi 04-26/17148-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tasarrufidagi mikromoliya va faktoring tashkilotlarining obligatsiya emissiyasidan kelib tushgan mablag‘lar hisobiga, mikromoliyalashda foiz stavkasi 40 foizgacha amalga oshirish imkonini bergan;
banklarning kapital bozoridagi rolini kengaytirishda fintex texnologiyalari orqali raqamlashtirilgan savdo platformalarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida ularning investisiya vositachisi sifatida ishtirok etishi taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2030-yilga mo‘ljallangan bankning umumiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda amaliyotga joriy etilgan (AT “Mikrokreditbank”ning 2025 yil 20 avgustdagi 04-26/17148-son ma’lumotnomasi). Natijada tijorat banki “Toshkent” RFBning listingdan tashqari savdo platformalarida qimmatli qog‘ozlar bilan savdoni amalga oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish