Abduraimov Abdulqosim Xudoyberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Talabalarning ijodkorlik kompetentligini rivojlantiruvchi platforma yaratish va uni joriy etish metodikasini takomillashtirish. 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2025.1.PhD/Ped9685.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston  milliy pedagogika universiteti  
Ilmiy rahbar: Mahmanov Orif  Qudratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Qudratov Kozim Karimovich,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Talabalarning ijodkorlik kompetentligini rivojlantiruvchi platforma yaratish va uni joriy etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli platforma funksiyalariga mos divergent va konvergent ko‘nikmalarini metodologik strategiyalar va innovatsion texnologiyalarga integrativligiga ko‘ra  axborot-ta’lim muhitining kreativ kognitiv, multimodal va interaktiv resurslarini analitik va komparativ tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan; 
raqamli platforma vositasida ijodkorlik kompetentliligini rivojlantirish modeli maqsadli va jarayonli komponentlarning kollaborativ integratsiyasiga ko‘ra ijodiy faollikni strategik rejalashtirish, ijtimoiy talablarga mos didaktik-innovatsion raqamli muhitni konstruktiv intensivligi hamda individuallashtirilgan o‘quv traektoriyalarini ta’minlovchi tashkiliy-metodologik shart-sharoitlar multimedia resurslari va modullarining imitatsion-simulyativ bosqichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida ijodkorlik kompetentligini rivojlantirishning raqamli platforma mazmuni kasbga yo‘naltirish kontekstidagi yig‘ma kompilyasiyalashgan virtual topshiriqlar bilan ishlashning ijodiy yo‘naltirilganligiga ko‘ra virtual resurslarning mediavizual xususiyatlariga bog‘liq strategik maqsadlarni intellektual monitoring algoritmlariga muvofiq transformatsiyalash  orqali nazorat qilishni avtomatlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijodkorlik kompetentligi rivojlantirish metodikasi  raqamli ta’limning vizualligi va kollobrativligi hisobiga virtual-manipulatsiya jarayonidagi amaliy-ijodiy, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarining raqamli portfolioga bog‘liqligini generativ ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot ta’lim muhitida talabalarning ijodkorlik kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga oid natijalar asosida:
talabalarning ijodiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari raqamli platforma funksiyalariga mos divergent va konvergent ko‘nikmalarini metodologik strategiyalar va innovatsion texnologiyalarga integrativligiga ko‘ra  axborot-ta’lim muhitining kreativ kognitiv, multimodal va interaktiv resurslarini analitik va komparativ tahlil qilish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida ijodkor talabalarning kompetentlikligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish imkoni yaratilgan;
raqamli platforma vositasida ijodkorlik kompetentliligini rivojlantirish modeli maqsadli va jarayonli komponentlarning kollaborativ integratsiyasiga ko‘ra ijodiy faollikni strategik rejalashtirish, ijtimoiy talablarga mos didaktik-innovatsion raqamli muhitni konstruktiv intensivligi hamda individuallashtirilgan o‘quv traektoriyalarini ta’minlovchi tashkiliy-metodologik shart-sharoitlar multimedia resurslari va modullarining imitatsion-simulyativ bosqichlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida ijodkor talabalarning  kompetentlikligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
ta’lim jarayonida ijodkorlik kompetentligini rivojlantirishning raqamli platforma mazmuni kasbga yo‘naltirish kontekstidagi yig‘ma kompilyasiyalashgan virtual topshiriqlar bilan ishlashning ijodiy yo‘naltirilganligiga ko‘ra virtual resurslarning mediavizual xususiyatlariga bog‘liq strategik maqsadlarni intellektual monitoring algoritmlariga muvofiq transformatsiyalash  orqali nazorat qilishni avtomatlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida ijodkor talabalarning kompetentlikligini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
talabalarning ijodkorlik kompetentligi rivojlantirish metodikasi  raqamli ta’limning vizualligi va kollobrativligi hisobiga virtual-manipulatsiya jarayonidagi amaliy-ijodiy, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarining raqamli portfolioga bog‘liqligini generativ ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7551/04-soni dalolatnomasi). Natijada axborot ta’lim muhitida ijodkor talabalarning kompetentliligini rivojlantirish samaradorligini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish