Nurmetova Iroda Ulug‘bekovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport takomillashuv guruhidagi dzyudochi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini boshqarish texnologiyasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped.3247.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Anvar Zakirovich
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Dilnoza Nigboevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bobomurodov Norpulot Shirinovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dzyudochi qizlarning tezkor-kuch tayyorgarliklarini takomillashtirishda maxsus jismoniy tayyorgarligini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dzyudochi qizlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uchun rejalashtirish talablariga (yoshi, jinsi, tayyorgarlik darajasi, sogʻligʻi va morfofunksional ko‘rsatkichlari) mos ravishda maxsus jismoniy tayyorgarligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni individual ko‘rsatkichlar asosida kompleks rivojlantirish modulini ishlab chiqish hisobiga bellashuv taktikasini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sport kamolatga erishish bosqichidagi dzyudochi qizlarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda texnik harkatlar malakasini shakillantirish uchun kompleks mashqlar majmuasini turli xil sharoitda bosqichma-bosqich (soddlashtirilgan, juftlikdagi, qarshilik bilan bajariladigan) qo‘llab sun’iy musobaqa vaziyatlarini yaratish hisobiga sportchi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
dzyudochi qizlarning bellashuv jarayonlaridagi hujum harakatlari samaradorligini barqarorlashtirish uchun texnik tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan maxsus dastur asosida musobaqa davrining haftalik va oylik sikllardagi mashg‘ulot yuklamalar tuzilmasidagi harakatlarining sof ish vaqtini kiritish, aniq me’yorlarini belgilash (yoshi, vazn toifasi, tayyorgarlik va musobaqa mashgʻulotlari) hisobiga texnik-taktik tayyorgarligi optimallashtirilgan;
sport kamolotga erishish bosqichidagi dzyudochi qizlarning musobaqa jarayonida texnik usullarni o‘rgatish uchun tik va parter holatida qo‘l, elka, beldan ushlab bajariladigan texnik harakatlarni uch bosqichli (dastlabki, chuqurlashtirilgan, takomillashtiruvchi) o‘rgatish texnologiyasini ishlab chiqish hisobiga bellashuv jarayonidagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dzyudochi qizlarni maxsus jismoniy sifatlarini takomillashtirish va sport turlarining texnik harakatlarga o‘rgatish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
dzyudochi qizlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda tayyorgarlik darajasini aniqlash, yuklama hajmi va shiddat muvozanatini boshqarish uchun rejalashtirish talablariga most ravishda usliksiz rovojlantirish talablarini inobatga olib maxsus jismoniy tayyorgarligini boshqarish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq shahar ixtisoslashgan sport maktabi dzyudochi qizlarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 03-16/10088-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dzyudochi qizlarning o‘quv-mashg‘ulotlarida texnik usullarni bajarish 11,1% oshishiga erishilgan;
sport kamolatga erishish bosqichidagi dzyudochi qizlarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda texnik harkatlar malakasini shakillantirish uchun kompleks mashqlar majmuasini bosqichma-bosqich qo‘llab sun’iy musobaqa vaziyatlarini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dzyudochi qizlarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 03-16/10088-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dzyudochi qizlarning mashg‘ulot belleshuvlarida texnik-taktik harakatlarni bajarishdan keyingi tiklanishlari 7,8% va taktik hujum xarakatlaridan keying tiklanishi 6,9% oshgan;
dzyudochi qizlarni bellashuv jarayonlaridagi xujum harakatlar samaradorligini barqarorlashtirish uchun texnik tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan maxsus dastur asosida musobaqa davrining haftalik, oylik va yillik sikllardagi mashg‘ulot yuklamalar tuzilmasi harakatning sof ish vaqtini kiritish me’yori saralangan yordamchi maxsus mashqlarni tabaqalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq shahar ixtisoslashgan sport maktabi dzyudochi qizlarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 03-16/10088-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dzyudochi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari vaqtidagi texnik usullarni bajarishdan keyingi tiklanishlari 8% va taktik xujum xarakatlaridan keying tiklanishi 4% oshganligi kuzatilgan;
sport kamolatga erishish bosqichidagi dzyudochi qizlarning musobaqa jarayonida texnik usullarni o‘rgatish uchun tik va parter holatidagi texnik harakatlarni to‘rt qismga bo‘lib o‘rgatish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dzyudochi qizlarning mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 03-16/10088-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dzyudochi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari vaqtidagi texnik usullarni bajarishdan keyingi tiklanishlari 10% va taktik xujum harakatlaridan keying tiklanishi 8% oshgan.