Xaydarova Xilola Gazikulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Konformlilik va shaxs aksentuatsiyasi - ayollar suisidal xulqiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P744.
Ilmiy rahbar Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdullajonova Dilnoza psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollar suisidal xulqiga ijtimoiy-psixologik omil sifatida ta’sir qiluvchi konformlilik va shaxs aksentuatsiyasini tadqiq etish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viktim (jonini qurbon qilishga tayyor va uni amalga oshirgan) ayollar ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ko‘ra hissiyotlarni ifodalay olmaslik, boshqalarning qadriyatlarini o‘z qadriyatlaridan ustun bilish, ekzistensial vakkum hissining kuchli ifodalanish darajasiga asoslanib suisidga moyillikning konform-nonkonform, vaziyatga bog‘lik va beqaror tipologiyasi suisidal urinish va suisidal niyat indikatorlari asosida aniqlangan;
qo‘zg‘aluvchan, gipertim, demonstrativ, pedant tipdagi ayollarning suisidal fikrlari va xulqining shakllanishida agressiya hamda konformlilikka oid shaxsiy xususiyatlarning intensivlashuviga bog‘liqligi tufayli emotsional beqarorlik, gipotimiya, impulsivlik, frustratsiyalangan ehtiyojlar va ijtimoiy-psixologik etuklikning etishmasligi ichki va tashqi ziddiyatlar orqali ijtimoiy moslashuvga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi suisidal xatar omili ekanligi isbotlangan;
ayollarning dominant shaxsiy xulq-atvoriga ko‘ra irodaviy barqarorlik, kommunikativ ochiqlik, regulyativ emotsional sezgirlik, voqelikni optimistik idrok etish, konstruktiv mustaqil fikrlash, faol tashabbuskorlik, stabil ekstravertlik, qat’iy qaror qabul qilish tendensiyasining dinamikasiga asoslanib suisidga moyillikni cheklaydigan ijobiy-uyg‘unlashgan “suisid bilan bog‘liq bo‘lmagan xulq shakllari" tushunchasi ilmiy dalillangan;
suisid holatlar profilaktikasida ayollar shaxsidagi harakter aksentuatsiyasi, xulq-faoliyati, baholab-yo‘naltiruvchi tizimning faolligiga ko‘ra suisidal moyillikni kognitiv, emotsional, motivatsion jihatlarini hayotni tasdiqlovchi qadriyatlarning shakllanganligi muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konformlilik va shaxs aksentuatsiyasining ayollar suisidal xulqiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash yuzacidan olingan ilmiy natijalari asosida:
viktim (jonini qurbon qilishga tayyor va uni amalga oshirgan) ayollar ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ko‘ra hissiyotlarni ifodalay olmaslik, boshqalarning qadriyatlarini o‘z qadriyatlaridan ustun bilish, ekzistensial vakkum hissining kuchli ifodalanish darajasiga asoslanib suisidga moyillikning konform-nonkonform, vaziyatga bog‘lik va beqaror tipologiyasi suisidal urinish va suisidal niyat indikatorlari asosida aniqlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-453 son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-453a son maʼlumotnomasi). Natijada suisidga moyil viktim ayollar shaxslararo munosabatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillar tizimlashtirilgan;
qo‘zg‘aluvchan, gipertim, demonstrativ, pedant tipdagi ayollarning suisidal fikrlari va xulqining shakllanishida agressiya hamda konformlilikka oid shaxsiy xususiyatlarning intensivlashuviga bog‘liqligi tufayli emotsional beqarorlik, gipotimiya, impulsivlik, frustratsiyalangan ehtiyojlar va ijtimoiy-psixologik etuklikning etishmasligi ichki va tashqi ziddiyatlar orqali ijtimoiy moslashuvga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi suisidal xatar omili ekanligi isbotlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-453 son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-453a son maʼlumotnomasi). Natijada ayollar suisidal moyilligining ijtimoiy-psixologik omillari differensiatsiyasi shakllantirilgan;
ayollarning dominant shaxsiy xulq-atvoriga ko‘ra irodaviy barqarorlik, kommunikativ ochiqlik, regulyativ emotsional sezgirlik, voqelikni optimistik idrok etish, konstruktiv mustaqil fikrlash, faol tashabbuskorlik, stabil ekstravertlik, qat’iy qaror qabul qilish tendensiyasining dinamikasiga asoslanib suisidga moyillikni cheklaydigan ijobiy-uyg‘unlashgan “suisid bilan bog‘liq bo‘lmagan xulq shakllari" tushunchasi ilmiy dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-453 son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-453a son maʼlumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarning o‘smir-o‘cpirin qizlarlarda suisidal xavf holatini profilaktikasi yuzasidan bilimlarini boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan.
suisid holatlar profilaktikasida ayollar shaxsidagi harakter aksentuatsiyasi, xulq-faoliyati, baholab-yo‘naltiruvchi tizimning faolligiga ko‘ra suisidal moyillikni kognitiv, emotsional, motivatsion jihatlarini hayotni tasdiqlovchi qadriyatlarning shakllanganligi muhimligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-453 son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-453a son maʼlumotnomasi). Natijada ayollarda suisidal moyillikni cheklovchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining ijobiy uyg‘unlashuvi aniqlangan.