Azamjonova Oyniso Qahramon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kursantlarda muzokaraga kirishish ko‘nikmasini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P328.
Ilmiy rahbar: Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna,psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nazarov Azamat Sattorovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kursantlarda muzokaraga kirishish ko‘nikmasini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan aniqlash hamda olingan natijalar asosida amaliy takliflar va manzilli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kursantlarda muzokaraga kirishish ko‘nikmasining shakllanishiga oid psixik jarayonlarning rivojlanishiga ko‘ra emosional barqarorlik, stressga chidamlilik, empatik sezgirlik, kognitiv resurslar va liderlik potensiali kabi psixologik-personal determinantlar muzokarachilik kompetensiyasining integrativ komponentlari asosida ularning samarali muzokara yuritish qobiliyati dalillangan;
kursantlarda muzokara yuritish jarayonida distributiv, integrativ, hamkorlikka yo‘naltirilgan va vaziyatga moslashgan muzokara strategiyalarining qo‘llanilishiga ko‘ra salbiy emosiyalarning ustunligi kommunikativ-perseptiv to‘siqlarni kuchaytiruvchi psixologik shart-sharoit sifatida namoyon bo‘lishi tufayli integrativ yondashuvning samaradorligi psixologik muhitga bog‘liqligi dallilangan;
kursantlarda internallik va eksternallik lokusi darajasiga ko‘ra shaxsiy ma’suliyatyat, javobgarlikni qabul qilish va nazoratni idrok etish kabi regulyativ mexanizmlar ta’sirida internallik hamkorlikka yo‘naltirilgan muzokara strategiyasini, eksternallik esa raqobatchi pozisiyani afzal ko‘rishi tufayli muzokara jarayonining ijobiy dinamikasi asoslangan;
kursantlarda vaziyatga psixologik reaksiya berish mexanizmlariga ko‘ra xulq-atvor strategiyasini mustaqil tanlash, operativ qaror qabul qilish va regulyativ-irodaviy barqarorlik kabi shaxsiy-psixologik xususiyatlar asosida muzokarachilik madaniyati rivojlanishining asosiy indikatori asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kursantlarda muzokaraga kirish ko‘nikmasini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
kursantlarda muzokaraga kirishish ko‘nikmasining shakllanishiga oid psixik jarayonlarning rivojlanishiga ko‘ra emosional barqarorlik, stressga chidamlilik, empatik sezgirlik, kognitiv resurslar va liderlik potensiali kabi psixologik-personal determinantlar muzokarachilik kompetensiyasining integrativ komponentlari asosida ularning samarali muzokara yuritish qobiliyati dalillangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-iyundagi RM-127-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-iyundagi RM-127-sonli ma’lumotnoma). Natijada, kursantlarda emotsional barqarorlik, stressga chidamlilik va empatiya ko‘nikmalarini integratsiyalash imkonini beruvchi amaliy yo‘riqnoma ishlab chiqildi;
kursantlarda muzokara yuritish jarayonida distributiv, integrativ, hamkorlikka yo‘naltirilgan va vaziyatga moslashgan muzokara strategiyalarining qo‘llanilishiga ko‘ra salbiy emosiyalarning ustunligi kommunikativ-perseptiv to‘siqlarni kuchaytiruvchi psixologik shart-sharoit sifatida namoyon bo‘lishi tufayli integrativ yondashuvning samaradorligi psixologik muhitga bog‘liqligi dallilangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-iyundagi RM-127-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-iyundagi RM-127-sonli ma’lumotnoma). Natijada, integrativ strategiyalarni rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening moduli ishlab chiqildi;
kursantlarda internallik va eksternallik lokusi darajasiga ko‘ra shaxsiy ma’suliyatyat, javobgarlikni qabul qilish va nazoratni idrok etish kabi regulyativ mexanizmlar ta’sirida internallik hamkorlikka yo‘naltirilgan muzokara strategiyasini, eksternallik esa raqobatchi pozisiyani afzal ko‘rishi tufayli muzokara jarayonining ijobiy dinamikasi asoslangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-iyundagi RM-127-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-iyundagi RM-127-sonli ma’lumotnoma). Natijada, internallik va eksternallik lokusiga asoslangan individual yondashuv mexanizmi ishlab chiqildi;
kursantlarda vaziyatga psixologik reaksiya berish mexanizmlariga ko‘ra xulq-atvor strategiyasini mustaqil tanlash, operativ qaror qabul qilish va regulyativ-irodaviy barqarorlik kabi shaxsiy-psixologik xususiyatlar asosida muzokarachilik madaniyati rivojlanishining asosiy indikatori asoslangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-iyundagi RM-127-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-iyundagi RM-127-sonli ma’lumotnoma). Natijada, kursantlarning refleksiya va vaziyatli qaror qabul qilish qobiliyatlarini mustahkamlovchi metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.