Axmedov Zarif Shamsiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sigmoidal  kol`popoezdan keyingi artifisial qinning diagnostika turlarini va disbioz korreksiyasini muvofiklashtirish”, 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib3990.
Ilmiy raxbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar:  Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sigmoidal kolpopoezdan keyingi artifisal qindagi mikrobiotsenozni tashxislash va  uni korreksiyalash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor sigmoidal kol`popoez operatsiyadan keyingi erta davrda Femoflor-16 tekshiruvi natijasida sun’iy qinda yaqqol disbioz shakllanganligi (umumiy kontaminatsiya 70%ga etishi, nazorat guruxida 7%, jumladan, E. coli 92%, Candida spp. 30 %ga oshganligi va Lactobacillus spp. 2% gacha pasayganligi) aniqlangan;
sigmoidal kol`popoez operatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda 6-12 oyga kelib suyuqlik sitologiyasi va mikroskopiyasi bo‘yicha yallig‘lanishning yaqqol regressiyasi ya’ni leykotsitar reaksiyasini  pasayishi, ichak epiteliysini ko‘ruv maydonida - 60±10 dan 15±3 hujayragacha kamayishi, metaplaziya hujayralari va Candida zamburug‘i eliminatsiyalanishi aniqlangan;
sigmoidal kol`popoez operatsiyadan keyingi bemorlar uchun ishlab chiqilgan tashxislash mezonini (Gram bo‘yicha mikroskopiya + miqdoriy bakteriologik ekma + Femoflor-16 tekshiruvi + suyuqlik sitologiyasi) qo‘llash orqali yaqqol disbiozni erta skriningi va davolash manitoringi  takomillashtirilgan; 
ishlab chiqilgan kompleks davolash usulini (etiotrop sanatsiya + biotsenozni eubiotiklar/probiotiklar bilan tiklash) qo‘llash orqali mikrobiologik barqarorlik ta’minlangan va umumiy kontaminatsiya 13 % va residivlar chastotasini  30% kamayishi xamda Lactobacillus spp. 65%gacha oshishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sigmoidal  kol`popoezdan keyingi artifisial qinning diagnostika turlarini va disbioz korreksiyasini muvofiklashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/11-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sigmoidal kol`popoez operatsiyadan keyingi erta davrda Femoflor-16 tekshiruvi natijasida sun’iy qinda yaqqol disbioz shakllanganligi (umumiy kontaminatsiya 70%ga etishi, nazorat guruxida 7%, jumladan, E. coli 92%, Candida spp. 30 %ga oshganligi va Lactobacillus spp. 2% gacha pasayganligi) aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 29 yanvardagi 6-soni bilan tasdiqlangan «Sigmoidal kolpopezdan keyin sun’iy qinda dinamikada mikroflora va epiteliy transformatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 2024 yil 03 dekabrdagi 58/1-sonli buyruq bilan, Samarqand shahridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining bolalar ginekologiyasi bo‘limiga 2025 yil 12-yanvardagi 128/1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:  sigmoidal kol`popoez operatsiyadan keyingi erta davrda artifisial qindagi disbiozni erta aniqlash imkoniyati yaratilib, tashxis xatolari kamaytirildi va jarrohlik davolashdan keyingi davrda reabilitatsiya kilish jarayoni takomillashtirildi. Bu esa bemorlarda jinsiy xayotini saqlab qolishga va hayot sifatini oshirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Sigmoidal kol`popoezdan so‘ng neovagina mikroflorasini tiklash yo‘llari oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan labarator tekshiruvi orqali aniqlanishi hisobiga 53000 so‘m mablag‘ tejaldi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: sigmoidal kol`popoez operatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda suyuqlik sitologiyasi va mikroskopiyasi bo‘yicha yallig‘lanishning yaqqol regressiyasi ya’ni leykotsitar reaksiyasini  pasayishi, ichak epiteliysini ko‘ruv maydonida - 60±10 dan 15±3 hujayragacha kamayishi, metaplaziya hujayralari va Candida zamburug‘i 6-12 oyga kelib eliminatsiyalanishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 29 yanvardagi 6-soni bilan tasdiqlangan «Sigmoidal kolpopezdan keyin sun’iy qinda dinamikada mikroflora va epiteliy transformatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 2024 yil 03 dekabrdagi 58/1-sonli buyruq bilan, Samarqand shahridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining bolalar ginekologiyasi bo‘limiga 2025 yil 12-yanvardagi 128/1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sigmoidal kol`popoez operatsiyadan keyingi erta davrda artifisial qindagi disbiozni erta aniqlash natijasida jarroxlikdan keyingi asoratlar sonini kamaytirish imkonini berdi xamda bemorlar psixoemotsional holat yaxshilanib, ijtimoiy moslashuv oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: Sigmoidal kol`popoezdan so‘ng artifisial` qin mikroflorasi va epiteliyining dinamikadagi transformatsiyasi erta aniqlanganda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,5 kundan 7,5 kungacha qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam
talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 130000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
uchinchi ilmiy yangilik: sigmoidal kol`popoez operatsiyadan keyingi bemorlar uchun ishlab chiqilgan tashxislash mezonini (Gram bo‘yicha mikroskopiya + miqdoriy bakteriologik ekma + Femoflor-16 tekshiruvi + suyuqlik sitologiyasi) qo‘llash orqali yaqqol disbiozni erta skriningi va davolash manitoringi  takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 29 yanvardagi 6-soni bilan tasdiqlangan «Yo‘g‘on ichak segmentidan hosil bo‘lgan sun’iy qin disbiozi va uni probiotiklar bilan korreksiyalash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 2024 yil 03 dekabrdagi 58/1-sonli buyruq bilan, Samarqand shahridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining bolalar ginekologiyasi bo‘limiga 2025 yil 12-yanvardagi 128/1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Qin va bachadon aplaziyasi bo‘lgan bemorlarni davolashga yondashuvlarni optimallashtirish, bu esa ushbu patologiyani davolash samaradorligini, shuningdek, jarrohlik usullari natijadorligini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Qisqa muddatli statsionar yotish, asoratlarning kamayishi va shifoxona xarajatlarining pasayishi natijasida byudjet  mablag‘lari tejaldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan kompleks davolash usulini (etiotrop sanatsiya + biotsenozni eubiotiklar/probiotiklar bilan tiklash) qo‘llash orqali mikrobiologik barqarorlik ta’minlangan va umumiy kontaminatsiya 13 % va residivlar chastotasini  30% kamayishi,xamda Lactobacillus spp. 65%gacha oshishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 29 yanvardagi 6-soni bilan tasdiqlangan «Yo‘g‘on ichak segmentidan hosil bo‘lgan sun’iy qin disbiozi va uni probiotiklar bilan korreksiyalash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 2024 yil 03 dekabrdagi 58/1-sonli buyruq bilan, Samarqand shahridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining bolalar ginekologiyasi bo‘limiga 2025 yil 12-yanvardagi 128/1-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: artifisial (sun’iy) qin yaratilgan bemorlarda mikrobiotsenoz funksional holatini erta aniklash orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olindi. Bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligi oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: kayta jarrohlik ehtiyoji kamayganligi natijasida dori-darmon va qo‘shimcha davolash xarajatlari uchun byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish