Xudaynazarov Xayrulla Xamitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi total va subtotal shaklli epispadiyalarda rekonstruktiv plastik operatsiyalarni takomillashtirish », 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2025.1.PhD/Tib5670.
Ilmiy rahbar: Abdusamatov Bobir Zakirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzakarimov Baxromjon Xalimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda epispadiyaning total va subtotal shakllarini davolash natijalarini xirurgik davolash usulini takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda total va subtotal epispadiyada siydik tuta olmaslikda an’anaviy xirurgik davolash usullarining qoniqarsiz natijalarining sabablari Derjavin usuli bo‘yicha sfinkteroplastika amaliyotida qovuq bo‘yinchasining etarli darajada bukilmasligi, qov suyaklarini yaqinlashtirishda ularni mahkamlash tog‘ay to‘qimalari orqali amalga oshirilishi ekanligi aniqlangan;
epispadiyaning og‘ir shakllarida siydik tuta olmaslikni xirurgik davolashda Derjavin usuli qovuq bo‘yinchasini uretraning orqa tomoniga eng maqbul bo‘lgan 120-130° burchak ostida egilishiga imkon beruvchi qo‘shimcha choklar qo‘yish orqali takomillashtirilgan;
bolalarda siydik tuta olmaslikning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida ikkala simfiz suyaklarini yopqich teshik orqali prolen ipini o‘tkazish hamda yaxshi regeneratsiya va mustahkam birikishi uchun ikkala qov suyagining chetlarini kesish bilan tavsiflanuvchi qov suyaklarini yaqinlashtirish va mahkamlash usuli takomillashtirilgan;
total siydik tuta olmaslik bilan asoratlangan epispadiyaning total va subtotal shakllarini davolashda optimal xirurgik taktika ishlab chiqilgan va klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi total va subtotal shaklli epispadiyalarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda total va subtotal epispadiyada siydik tuta olmaslikda an’anaviy xirurgik davolash usullarining qoniqarsiz natijalarining sabablari Derjavin usuli bo‘yicha sfinkteroplastika amaliyotida qovuq bo‘yinchasining etarli darajada bukilmasligi, qov suyaklarini yaqinlashtirishda ularni mahkamlash tog‘ay to‘qimalari orqali amalga oshirilishi ekanligi aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 17 fevraldagi 8-n-r/146-son bilan tasdiqlangan «Bolalardagi total va subtatal shaklli epispadiyalarda rekonstruktiv-plastik operatsiyalarni takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika perinatal markazi bo‘yicha 14.06.2023 yildagi 131-son, Sirdaryo viloyati bollar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 05.04.2025 yildagi N4-108-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: an’anaviy operatsiya aralashuvlarining dastlabki va uzoq muddatli natijalarini tahlilida ularning etarli darajada samarali emasligini belgilovchi omillarni o‘rni hamda ularni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar taktikasi ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: siydik tutolmaslikni davolashning bevosita va uzoq muddatli natijalarini tahlil qilish jarayonida Derjavin usuli bo‘yicha siydik pufagi bo‘yinchasining plastik jarrohligi subektiv hamda obektiv oqibatlarga olib kelishini oldini olish maqsadida o‘rtacha statsionar davolanish muddati 21,5±0,2 kunni va sarf xarajatlar 16573984 so‘mni, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 16,3±0,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 12565392 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: siydik tutolmaslikni davolashning bevosita va uzoq muddatli natijalarini tahlil qilish jarayonida Derjavin usuli bo‘yicha siydik pufagi bo‘yinchasining plastik jarrohligi subektiv hamda obektiv oqibatlarga olib kelishi klinik jihatlari o‘rtacha statsionar davolanish muddati 21,5±0,2 kunni va sarf xarajatlar 16573984 so‘mni, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 16,3±0,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 12565392 so‘mni tashkil qilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: epispadiyaning og‘ir shakllarida siydik tuta olmaslikni xirurgik davolashda Derjavin usuli qovuq bo‘yinchasini uretraning orqa tomoniga eng maqbul bo‘lgan 120-130° burchak ostida egilishiga imkon beruvchi qo‘shimcha choklar qo‘yish orqali takomillashtirilganligi Sog‘liqni saqlash vazirligining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 17 fevraldagi 8-n-r/146-son bilan tasdiqlangan «Bolalardagi total va subtatal shaklli epispadiyalarda rekonstruktiv-plastik operatsiyalarni takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika perinatal markazi bo‘yicha 14.06.2023 yildagi 131-son, Sirdaryo viloyati bollar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 05.04.2025 yildagi N4-108-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qov suyaklarini yaqinlashtirish va fiksatsiyalash usulini ishlab chiqish natijasida bu bolalarda total epispadiyalarni davolash natijalarini 2,2 barobar yaxshilashga yordam berish uchun kompleks yondashuv ishlab chiqish natijasida bolalarning hayot sifatini yaxshilash,qaytalanishlarni oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi.Iqtisodiy samaradorligi:qov suyaklarini yaqinlashtirish va fiksatsiyalash usuli, bolalarda total epispadiyalarni davolash natijalarini yaxshilash orqali o‘rtacha statsionar davolanish muddati 21,5±0,2 kunni va sarf xarajatlar 16573984 so‘mni,taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 16,3±0,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 12565392 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: qov suyaklarini yaqinlashtirish va fiksatsiyalash usuli, bolalarda total epispadiyalarni davolash natijalarini yaxshilash orqali 21,5±0,2 kunni va sarf xarajatlar 16573984 so‘mni, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 16,3±0,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 12565392 so‘mni tashkil qilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda siydik tuta olmaslikning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida ikkala simfiz suyaklarini yopqich teshik orqali prolen ipini o‘tkazish hamda yaxshi regeneratsiya va mustahkam birikishi uchun ikkala qov suyagining chetlarini kesish bilan tavsiflanuvchi qov suyaklarini yaqinlashtirish va mahkamlash usuli takomillashtirilganligi Sog‘liqni saqlash vazirligining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 17 fevraldagi 8-n-r/146-son bilan tasdiqlangan «Bolalardagi total va subtatal shaklli epispadiyalarda rekonstruktiv-plastik operatsiyalarni takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika perinatal markazi bo‘yicha 14.06.2023 yildagi 131-son, Sirdaryo viloyati bollar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 05.04.2025 yildagi N4-108-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilk bora qov suyaklarini yaqinlashtirish va fiksatsiyalashnng yangi ishlab chiqilgan usul bolalarda total epispadiyalarni davolash natijalarini 2,2 barobar yaxshilashga yordam bergan, shu orqali yuzaga keladigan qaytalanishlar, asoratlarni oldini olish orqali kasalliklarni kamaytirish,bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: qov suyaklarini yaqinlashtirish va fiksatsiyalash uchun ishlab chiqilgan usuli o‘rtacha statsionar davolanish muddati qov suyaklarini yaqinlashtirish va fiksatsiyalash usuli,bolalarda total epispadiyalarni davolash natijalarini yaxshilash orqali o‘rtacha statsionar davolanish muddati 21,5±0,2 kunni va sarf xarajatlar 16573984 so‘mni,taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 16,3±0,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 12565392 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: qov suyaklarini yaqinlashtirish va fiksatsiyalash usulini ishlab chiqish natijasida o‘rtacha statsionar davolanish muddati 21,5±0,2 kunni va sarf xarajatlar 16573984 so‘mni,taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 16,3±0,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 12565392 so‘mni tashkil qilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: total siydik tuta olmaslik bilan asoratlangan epispadiyaning total va subtotal shakllarini davolashda optimal xirurgik taktika ishlab chiqilganligi va klinik samaradorligi isbotlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 17 fevraldagi 8-n-r/146-son bilan tasdiqlangan «Bolalardagi total va subtatal shaklli epispadiyalarda rekonstruktiv-plastik operatsiyalarni takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika perinatal markazi bo‘yicha 14.06.2023 yildagi 131-son, Sirdaryo viloyati bollar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 05.04.2025 yildagi N4-108-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalardagi total va subtotal shaklli epispadiyalarda rekonstruktiv-plastik operatsiyalarni optimallashtirilgan davolash-tashxisiy tadbirlari kompleksi namoyon etgan, total va subtotal epispadiyalar bilan ishlash tajribasi tizimlashtirish orqali davolash algoritmi asosida jarrohlik muolajalarining samaradorligini oshirish tartibi isbotlash orqali bemor bolalar hayot sifatini yaxshilash, nogironlikni erta oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi:optimallashtirilgan davolash-diagnostika tadbirlari kompleksi, total va subtotal epispadiyalar bilan ishlash taktikasi natijasida jarrohlik muolajalarining samaradorligini oshirish tartibi orqali o‘rtacha statsionar davolanish muddati o‘rtacha statsionar davolanish muddati 21,5±0,2 kunni va sarf xarajatlar 16573984 so‘mni, taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 16,3±0,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 12565392 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: optimallashtirilgan davolash-diagnostika tadbirlari kompleksi davolanish muddatini 21,5±0,2 kunni va sarf xarajatlar 16573984 so‘mni,taqdim etilgan yangi usul orqali bu muddat 16,3±0,1 kungacha qisqartirish orqali sarf xarajatlar 12565392 so‘mni tashkil qilgan.