Otepbergenov Jetkerbay Sakbergenovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped277.
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Ibraximov Sanjar Urunbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent;
Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi: Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari intellekt nazariyasi”, “kognisiya nazariyasi” va “salohiyat nazariyasi” asosida inson faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan bilimlar bilan sub’ektning belgilangan maqsadga erishish va yangi bilimlarni yaratishga erishish uchun intellektual potensialni turli usullar bilan qo‘llash qobiliyatlarining uyg‘unligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish tuzilmasi va komponentlari intellekt (yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyati), kreativlik (mustaqil tarzda yangi bilimlarni kashf etish) va o‘z-o‘zini yuqori darajada baholash qobiliyatlarining integrativ darajasini qatiy belgilash asosida intellektual-kognitiv salohiyatning pedagogik faoliyatni olib borishdagi funksiyalariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish mazmuni “sabab-natija” qoidasi asosida oliy ta’lim muassaslarida informatika turkum fanlarni o‘qitish jarayonida diqqat (selektiv, barqaror, ingubatsiya), bilish jarayonlaridagi egiluvchanlik, topshiriqlar va vazifalarni bajarishdagi faollik (rejalashtirish, nazorat, qarorlar qabul qilish) hamda tafakuur va nutq funksiyalariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish modeli va uni amaliyotga joriy etishning didaktik shart-sharoitlari kredit-modul tizimi shroitida talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish jarayonlarining loyihaviy texnologiyasi maqsadli-protsessual komponent va intellektual-kognitiv salohiyatni rivojlantirish mexanizmlarining faoliyatli yondashuvga mos kafolatlangan natijaga erishish ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
kredit-modul tizimi shroitida talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish jarayonlarining loyihaviy texnologiyasi auditoriya mashg‘ulotlari va auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim jarayonlarda an’anaviy va interfaol metodlarni aralash qo‘llash asosida maqsad va shart-sharoitlarni aniqlash (motivatsiya, mazmun, ta’lim shakllari), ta’lim metodlari va texnologiyalarini tanlash (an’anaviy, faol, interfaol, muammoli, raqamli, sinergetik, shaxsga yo‘naltirilgan), ta’lim jarayonini tashkil etish algoritmi (loyihlar asosda, simuyalsiyalar yordamida), tashxis (jarayonning monitoringini olib borish) hamda refleksiyalarning arxitektonikasini yaratish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Ulıwma pedagogika: Pedagogika teoriyası. Pedagogika tariyxı. Pedagogikalıq sheberlik” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4-martdagi 55-son bo‘yrug‘i; 412262-son bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, talablarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan;
talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish tuzilmasi va komponentlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Algoritmlar va berilganlar strukturasi” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat univesiteti O‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil 3-iyuldagi 11-son bayonnomasi; universitet rektorining 2024 yil 4-iyuldagi 101-son bo‘yrug‘i bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, talabalarning algoirtmik masalalarni echishdagi salohiyatini oshirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Informatika oqıtıw metodikası” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27-dekabrdagi 484-son bo‘yrug‘i; 572141-son bilan ro‘yxatga olingan);
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish modeli va uni amaliyotga joriy etishning didaktik shart-sharoitlari takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim muassasalarining 60540200 – Amaliy matematika bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Algoritmlar va berilganlar strukturasi” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat univesiteti O‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil 3-iyuldagi 11-son bayonnomasi; universitet rektorining 2024 yil 4-iyuldagi 101-son bo‘yrug‘i bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kredit-modul tizimi shroitida talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirish jarayonlarining loyihaviy texnologiyasi takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Ulıwma pedagogika: Pedagogika teoriyası. Pedagogika tariyxı. Pedagogikalıq sheberlik” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4-martdagi 55-son bo‘yrug‘i; 412262-son bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning intellektual-kognitiv salohiyatini rivojlantirishda uzviylik va uzlyuksizlikni ta’minlashga xizmat qilgan.