Pulatova Durdona Ravshanovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Korpus ta’lim texnologiyalari asosida nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.2.PhD/Ped10307
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umirzakovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Kushieva Nodira Xabibjonovna pedagogika fanlari doktori, dotsent. Kadirova Munira Rasulovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Korpus ta’lim texnologiyalari asosida nofilologik yo‘nalish talabalari ning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korpus ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari faol muloqotga yo‘naltirilgan o‘quv muhitida autentik og‘zaki va yozma materiallarni real vaziyatlarda nutqiy birliklarni kasbiy diskursiv-dinamik adaptivligiga ko‘ra tahlil qilish asosida kognitiv-pragmatik tadqiqot birligiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning lingvopedagogik asoslari korpus ta’lim texnologiyalaridagi kasbiy diskursiv birliklar vositasida fikrlashda semantik-pragmatik anglash va nutqiy etiket ko‘nikmalarini ijtimoiy-madaniy kontekstda motivatsion adaptatsiyalashtirishning semantik–pragmatik uyg‘unligiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish korpus texnologiyalari asosida madaniyatlararo kasbiy muloqot muhitini nutqiy-funksional yondashuvda tashkil etish hamda sinxron va asinxron o‘qitish usullarini refleksiv tahlil orqali interaktiv-kommunikativ sinergiyaga ko‘ra takomillashtirilgan;
korpus texnologiyalari asosida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli komponentlarining o‘quv-metodik birligi raqamli muhitdagi til korpusi ma’lumotlarining semantik, pragmatik va kognitiv elementlarini kasbiy muloqotning sintaktik va diskursiv munosabatlari bilan lingvistik tahlil hamda refleksiv tajriba orqali uyg‘unlashtirishning “kognitiv-diskursiv integratsiya” asosida takomillashtirilgan;
korpus ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi konstruktivistik ta’lim muhitida induktiv yondashuv orqali suhbatdoshning ijtimoiy portretini aniqlashga qaratilgan nutq bayonotini tahlil qilish qobiliyatini baholash va faollik darajasini vizual loyihalashning interpretativ-kommunikativ faollik yo‘nalishi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korpus ta’lim texnologiyalari asosida nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyalarining rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
korpus ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari faol muloqotga yo‘naltirilgan o‘quv muhitida autentik og‘zaki va yozma materiallarni real vaziyatlarda nutqiy birliklarni kasbiy diskursiv-dinamik adaptivligiga ko‘ra tahlil qilish asosida kognitiv-pragmatik tadqiqot birligiga ko‘ra aniqlashtirishga oid aniqlashtirilgan tavsiyalar asosida “Kasbiy sohada xorijiy tillar (ingliz tili)” darslik mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 21 iyuldagi 22-01-286/22-raqamli dalolatnomasi). Natijada korpus ta’lim texnologiyalari asosida nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilingan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning lingvopedagogik asoslari korpus ta’lim texnologiyalaridagi kasbiy diskursiv birliklar vositasida fikrlashda semantik-pragmatik anglash va nutqiy etiket ko‘nikmalarini ijtimoiy-madaniy kontekstda motivatsion adaptatsiyalashtirishning semantik–pragmatik uyg‘unligiga ko‘ra aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Kasbiy sohada xorijiy tillar (ingliz tili)” darslik mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 21 iyuldagi 22-01-286/22-raqamli dalolatnomasi). Natijada korpus ta’lim texnologiyalari asosida nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyalarining rivojlantirishga oid komponentlarini anqlashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish korpus texnologiyalari asosida madaniyatlararo kasbiy muloqot muhitini nutqiy-funksional yondashuvda tashkil etish hamda sinxron va asinxron o‘qitish usullarini refleksiv tahlil orqali interaktiv-kommunikativ sinergiyaga ko‘ra takomillashtirilishiga oid tavsiyalar “Methodology of teaching foreign languaGES” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 21 iyuldagi 22-01-286/22-raqamli dalolatnomasi). Natijada korpus ta’lim texnologiyalari asosida nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy AKT-kompetensiyasini rivojlantirishga erishilingan;
korpus texnologiyalari asosida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli komponentlarining o‘quv-metodik birligi raqamli muhitdagi til korpusi ma’lumotlarining semantik, pragmatik va kognitiv elementlarini kasbiy muloqotning sintaktik va diskursiv munosabatlari bilan lingvistik tahlil hamda refleksiv tajriba orqali uyg‘unlashtirishning “kognitiv-diskursiv integratsiya” asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kasbiy sohada xorijiy tillar (ingliz tili)” darslik mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 21 iyuldagi 22-01-286/22-raqamli dalolatnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada korpus ta’lim texnologiya asosida nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirish modeli takomillashtirilgan;
korpus ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi konstruktivistik ta’lim muhitida induktiv yondashuv orqali suhbatdoshning ijtimoiy portretini aniqlashga qaratilgan nutq bayonotini tahlil qilish qobiliyatini baholash va faollik darajasini vizual loyihalashning interpretativ-kommunikativ faollik yo‘nalishi asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Methodology of teaching foreign languaGES” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 21 iyuldagi 22-01-286/22-raqamli dalolatnomasi)” mazmuniga singdirilgan. Natijada talabalarining ingliz tili ko‘nikmalarini baholash mezonlari va darajalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.