Yuldasheva Dilshoda To‘lqinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Mnemotenika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi: 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11217.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Soliev Ilhom Solievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna pedagogika, fanlari doktori (DSc), professor, Bazarbaeva Ayjamal Kdirbaevna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mnemotexnika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari axborotlarni o‘zlashtirishdagi bolalar xotirasi va nutq qobiliyatining integrativ ritmini perseptiv dominantlar orqali muvofiqlashuviga ko‘ra ma’lumotlarni semiotik kodlash va dekodlashning mantiqiy-ratsional assotsiatsiyalarini strukturali qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
mnemotexnika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish modeli fonemotik va vizual idrok orqali ma’lumotlarni tizimli o‘zlashtirishda mnemokvadratlar hamda simvolik obrazlarning semiosemantik funksional qayta qurilishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
mnemotexnika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi axborotlarni maqsadli kognitiv saralash va fonemotik-semantik jihatdan tanlash bilan bog‘liq perseptiv-assotsiativ birliklarni konseptual-simvolik integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishning mnemotexnologiyalarini samaradorligi qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga axborotlarni vizual-assotsiativ kodlashda kinestetik munosabatlarning dominantligiga ko‘ra o‘tkazish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. maktabgacha ta’lim tashkilotida mnemotexnika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari orqali:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari axborotlarni o‘zlashtirishdagi bolalar xotirasi va nutq qobiliyatining integrativ ritmini perseptiv dominantlar orqali muvofiqlashuviga ko‘ra ma’lumotlarni semiotik kodlash va dekodlashning mantiqiy-ratsional assotsiatsiyalarini strukturali qo‘llash asosida aniqlashga oid takliflar “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan” (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyuldagi 22-01-269/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mnemotexnika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
mnemotexnika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish modeli fonemotik va vizual idrok orqali ma’lumotlarni tizimli o‘zlashtirishda mnemokvadratlar hamda simvolik obrazlarning semiosemantik funksional qayta qurilishiga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan” (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyuldagi 22-01-269/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mnemotexnika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
mnemotexnika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi axborotlarni maqsadli kognitiv saralash va fonemotik-semantik jihatdan tanlash bilan bog‘liq perseptiv-assotsiativ birliklarni konseptual-simvolik integratsiyasi asosida takomillashtirishga oid takliflar “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan” (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyuldagi 22-01-269/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mnemotexnika vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish mazmuni boyitilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishning mnemotexnologiyalarini samaradorligi qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga axborotlarni vizual-assotsiativ kodlashda kinestetik munosabatlarning dominantligiga ko‘ra o‘tkazish orqali oshirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan” (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyuldagi 22-01-269/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatini rivojlantirish infratuzilmasi kengaytirilgan.