Xasanov Dilmurod Xolmurod o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta sinf o‘quvchilarining chidamliligini rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3741.
Ilmiy rahbar: Umarov Djamshid Xasanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Musaev Baxrom Baxtiyorovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi 5-6 sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida chidamlilik sifatini rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
5-6 sinf o‘quvchilari darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini modernzatsiyalash uchun yil bo‘yi davom etuvchi mashg‘ulotlarda chidamlilik sifatining sensitiv davrlar xususiyatlari va choraklik nazoratlarga maqsadli tayyorlash tizimi bo‘yicha parallel takomillashgan rejalashtirilgan dasturni ishlab chiqish hisobiga chidamlilik mashqlarini yuqori sifat ko‘rsatkichlarda bajarish imkoniyatlari oshirilgan; 
5-6 sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish uchun chidamlilik sifatini bosqichli takomillashtirib borishga yo‘naltirilgan aylanma mashg‘ulot mashqlar majmuasini yoshga xos ekstropolyasiyaviy parametrlarga (mashqni aniq vaqt va makon diapazonlarini his qilish kabi) moslashtirib qo‘llash hisobiga yugurish tezligini bir me’yorda ushlab turish ko‘rsatkichlari oshirilgan; 
5-6 sinf o‘quvchilarining chidamlilik sifatini rivojlantirish uchun darsdan tashqari mashg‘ulot mezotsikllarini jismoniy tarbiya dastur bo‘limlarining murakkablik darajasi bo‘yicha (harakatlar murakkabligini fazalari o‘rtasidagi uzviylik bo‘yicha vaqt davomiyligini belgilovchi elementlari soni va energiya sarfining oshib borishi kabi) bir-biriga bog‘liqli raqamlashtirilgan holda tizimli qo‘llash hisobiga o‘quvchilar chidamlilik sifatini rivojlanish jarayonini ishonchli nazorat qilib borish imkoniyatlari oshirilgan; 
5-6 sinf o‘quvchilarining chidamliligini ta’minlovchi funksional ko‘rsatkichlarni oshirish uchun darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida chidamlilik sifatini rivojlantiruvchi qo‘shma sport turlariga asoslangan kompleks mashqlar majmualarini (gimnastika, engil atletika elementlarini bir-biriga mos integratsion qo‘llash kabi) ish qobiliyatining tebranish xususiyatlari barqarorligi bo‘yicha muvofiqlikda qo‘llash hisobiga chidamlilik sifatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uslubiyat optimallashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarda 5-6 sinf o‘quvchilarini chidamlilik sifatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
5-6 sinf o‘quvchilari maktabdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini modernzatsiyalash uchun yil bo‘yi davom etuvchi mashg‘ulotlarda chidamlilik sifatining sensitiv davrlar xususiyatlari va choraklik nazoratlarga maqsadli tayyorlash tizimi bo‘yicha paralell (dastur bo‘limlarida belgilangan me’yorlarni yuqori ko‘rsatkichlarda topshirish kabi) rejalashtirilgan dasturni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar, Sergeli tumani 104-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-oktyabrdagi 03-16/10295-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning chidamlilik sifati o‘rtacha 14,2% ga ko‘tarilgan;
5-6 sinf o‘quvchilarining maktabdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish uchun chidamlilik sifatini bosqichli takomillashtirib borishga yo‘naltirilgan aylanma mashg‘ulot mashqlar majmuasini yoshga xos ekstropolyasiyaviy parametrlarga (mashqni aniq vaqt va makon diapazonlarini his qilish kabi) moslashtirib qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar, Sergeli tumani 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining darsdan tashqari mashg‘ulotlarida qo‘shimcha tayyorgarlik vositasi sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-oktyabrdagi 03-16/10295-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi jami 12,4% ga yaxshilangan;
5-6 sinf o‘quvchilarining chidamlilik sifatini rivojlantirish uchun darsdan tashqari mashg‘ulot mezotsikllarini jismoniy tarbiya dastur bo‘limlarining murakkablik darajasi bo‘yicha (harakatlar murakkabligini fazalari o‘rtasidagi uzviylik bo‘yicha vaqt davomiyligini belgilovchi elementlari soni va energiya sarfining oshib borishini belgilab berish kabi) bir-biriga bog‘liqli raqamlashtirilgan holda tizimli qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar, Yangihayot tumani 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘rta sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-oktyabrdagi 03-16/10295-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning chidamlilik sifati bo‘yicha natijalari umumiy 14,6%ga va funksional imkoniyati 11,4%ga yaxshilangan;
5-6 sinf o‘quvchilarining chidamliligini taminlovchi funksional ko‘rsatkichlarni oshirish uchun darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida chidamlilik sifatini rivojlantiruvchi qo‘shma sport turlariga asoslangan kompleks mashqlar majmualarini (gimnastika, engil atletika elementlarini bir-biriga mos integratsion qo‘llash kabi) ish qobiliyatining tebranish xususiyatlari barqarorligi bo‘yicha muvofiqlikda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar, Yangihayot tumani 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-oktyabrdagi 03-16/10295-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi 11,8%ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish