Qodirova Shahlo Shavkatjon qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy pedagogik ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8879.
Ilmiy rahbar: Uraimov Sanjar Ro‘zmatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Sobirova Laylo Baxramovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini optimallashtirish modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning tana mushaklari faolligi va bo‘g‘imlar harakatchanligini oshirish uchun kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan individual, juftlik va jamoaviy qo‘llashga yo‘naltirilgan “Jismoniy tarbiya daqiqalari” (2D, 3D formatdagi animatsion) mashqlar kompleksini ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarini rejalashtirishda jismoniy tayyorgarlik va harakat faollik darajasini oshirishga qaratilgan kasbiy faoliyat talablari asosida kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikni optimallashtirish modelini ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun ularning jismoniy holatidan kelib chiqib jismoniy faolligi minimal, sog‘lom turmush tarzini saqlash me’yorlarining yuqori chegarasiga yaqin optimal hamda sportga moyilligi bor talabalar uchun hajmi yuqori bo‘lgan maksimal kattalikdagi yuklamalarni belgilovchi uch darajali jismoniy tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish hisobiga talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarini an’anaviy yondashuvga nisbatan individuallashtirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan “OptiForma” mobil ilovasini yaratish orqali metabolik energiya sarfi ko‘rsatkichlarini hisoblash va o‘z-o‘zini nazorat qilish mexanizmlarini raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalash hisobiga mashg‘ulotlardan samarali foydalanish imkoniyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini kasbiy‑amaliy yo‘nalishda optimallashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba tadqiqotlari davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning tana mushaklari faolligi va bo‘g‘imlar harakatchanligini oshirish uchun kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan individual, juftlik va jamoaviy qo‘llashga yo‘naltirilgan “Jismoniy tarbiya daqiqalari” (2D, 3D formatdagi animatsion) mashqlar kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona davlat universiteti talabalarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi 02-16/7504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning portlovchi kuch sifati 16,18 % ga, chaqqonlik va kuch sifatlari 15,76 % ga oshgan;
talabalarning sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarini rejalashtirishda jismoniy tayyorgarlik va harakat faollik darajasini oshirishga qaratilgan kasbiy faoliyat talablari asosida kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikni optimallashtirish modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona davlat universiteti talabalarining mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi 02-16/7504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning maxsus va yordamchi mashqlardan keng qamrovli foydalanish imkoniyatlari, ularning jismoniy tayyorgarlik darajasi, zarur harakat sifatlarining rivojlanish ko‘rsatkichlari 11,4 % ga oshgan;
talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun ularning jismoniy holatidan kelib chiqib jismoniy faolligi minimal, sog‘lom turmush tarzini saqlash me’yorlarining yuqori chegarasiga yaqin optimal hamda sportga moyilligi bor talabalar uchun hajmi yuqori bo‘lgan maksimal kattalikdagi yuklamalarni belgilovchi uch darajali jismoniy tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon davlat universitetida amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi 02-16/7504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ularning kuch sifati ko‘rsatkichi 13,1 % ga, chidamlilik sifati ko‘rsatkichi 11,73 % ga, tezkorlik sifati ko‘rsatkichi esa 9,51 % ga oshgan;
talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan “OptiForma” mobil ilovasini yaratish orqali metabolik energiya sarfi ko‘rsatkichlarini hisoblash va o‘z-o‘zini nazorat qilish mexanizmlarini raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan davlat universiteti talabalarining darsdan tashqari mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 15-iyuldagi 02-16/7504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuch sifatlari 13,02 % ga, kuch chidamliligi 10,26 % ga, umumiy chidamlilik ko‘rsatkichlari 13,24 % ga, maxsus chidamliligi 9,33 % ga oshgan.