Madaminov Faxriddin Shavkat o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi slalomda eshkak eshuvchilarning yillik tayyorgarlik jarayonini rejalashtirish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5306.
Ilmiy rahbar: Raxmanov Eldor Tolibjonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mambetnazarov Islambek Muratbaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi slalomda eshkak eshuvchilarning yillik tayyorgarligini rejalashtirish dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi slalomda eshkak eshuvchilarning muvozanat saqlash funksiyasini rivojlantirish uchun statik va dinamik rejimda (qayiqda) tanani imkon qadar barqarorligini saqlagan holda burishga qaratilgan (past oqimli suvda aylanish va burilishlar kabi) maxsus mashqlarni mashg‘ulotlarda individual qo‘llash hisobiga murakkab vaziyatlarga moslashish imkoniyati yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi slalomda eshkak eshuvchilarning yillik mashg‘ulot jarayonini tizimlashtirish uchun tayyorgarlik guruhlarida yuklama hajmi va shiddatini mikro, mezotsikllar bo‘yicha takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish hisobiga sportchilarni musobaqaga samarali tayyorlash imkoniyati oshirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi slalomda eshkak eshuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun mushak guruhlari uchun tanlab ta’sir etuvchi muvofiqlashtirish layoqati, egiluvchanlik, tezkor-kuch, kuch-chidamkorlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasi (o‘z tana og‘irligi bilan bajariladigan kuch mashqlari, 1 daqiqagacha gidrotormozlar orqali eshkak eshish kabi)ni kiritish hisobiga yuklamalarni me’yorlash uslubiyati takomillashtirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida slalomda eshkak eshuvchilar bilan o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulotlarda sportchilarni jamoaviy usul yordamida quruqlikda va suvdagi harakatli o‘yinlar (to‘siq ostidan o‘tish, qizil-yashil, va to‘p olib o‘tish kabi)ni yosh xususiyatlariga nisbatan variativ qo‘llash hisobiga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh slalomda eshkak eshuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi slalomda eshkak eshuvchilarning muvozanat saqlash funksiyasini rivojlantirish uchun statik va dinamik rejimda (qayiqda) tanani imkon qadar barqarorligini saqlab burishga qaratilgan (past oqimli suvda aylanish va burilishlar kabi) maxsus mashqlarni mashg‘ulotlarda individual qo‘llash hisobiga murakkab vaziyatlarga moslashish imkoniyati bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani sport maktabi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-apreldagi 02-16/3611-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh slalomchilarning jismoniy tayyorgarligi 14,6 %ga, funksional holati esa 15,8 %ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi slalomda eshkak eshuvchilarning yillik mashg‘ulot jarayonini tizimlashtirish uchun tayyorgarlik guruhlarida yuklama hajmi va shiddatini mikro va mezotsikllar bo‘yicha takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish hisobiga musobaqaga samarali tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida sport mashg‘ulotlarini tashkil etish (eshkak eshish)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2024-yil 11-martdagi O‘Q-0000140-raqamli guvohnoma). Natijada, slalomda eshkak eshuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining ko‘rsatkichlari 17,38%ga yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi slalom eshkak eshuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun mushak guruhlari uchun tanlab ta’sir etuvchi koordinatsion qobiliyatlar, egiluvchanlik, tezkor-kuch, kuch-chidamkorligi kabi ustuvor jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasini kiritish hisobiga Toshkent viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-apreldagi 02-16/3611-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarining tayyorgarlik darajasi 17,5 %ga yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi slalomda eshkak eshuvchilar bilan o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulotlarida umumiy va maxsus tayyorgarligini jamoaviy usuli yordamida quruqlikda va suvdagi harakatli o‘yinlar (to‘siq ostidan o‘tish, qizil-yashil, va to‘p olib o‘tish kabi)ni yosh xususiyatlariga nisbatan variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston “ROWING
& CANOE” federatsiyasining Toshkent viloyat bo‘limi mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-apreldagi 02-16/3611-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarning musobaqa natijalari 13,8 %ga oshgan.