Abdusalomov Isroil Komiljon o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba-voleybolchilarning blok qo‘yish texnikasini kinematik ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirish uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4621
Ilmiy rahbar: Raxmanov Eldor Tolibjonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Pulatov Azad Artikovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba-voleybolchilarning blok qo‘yish texnikasini takomillashtirish uchun texnik xatolarni aniqlash va korreksiya qilish, shuningdek, blok qo‘yish fazalarini bosqichma-bosqich hamda kompleks rivojlantiruvchi mashg‘ulot uslubiyatini ishlab chiqish va uning samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talaba-voleybolchilarning blok qo‘yish texnik harakatini bajarishdagi xatolarini aniqlash va tuzatish uchun zamonaviy texnologiyalar, 3D tahlil natijalari asosida tayyorgarlik jarayonidagi turli xildagi harakatlarni fazoviy-vaqt xususiyatlarini hisobga olgan holda takroriy, imitatsion va real musobaqa sharoitidagi mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga blok qo‘yish texnikasini avtomatlashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
talaba-voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uchun bazaviy-rivojlantiruvchi mezotsikl mashg‘ulotlariga individual va juftlikda lateral harakat va plyometrik mashqlar sportchining antropometrik ko‘rsatkichlariga moslashtirish hisobiga blok qo‘yish texnikasi yaxshilangan;
blok qo‘yuvchi voleybolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish uchun maxsus tayyorgarlikga kiruvchi raqib hujum simulyasiyasiga qarshi 2-, 3- va 4-zonalardan noqulay dinamik vaziyatlarda juftlik va guruhli bloklash mashqlarini kiritish hisobiga real o‘yin sharoitida texnik harakatlarni samarali yakunlash imkoniyatlari oshirilgan;
talaba-voleybolchilarning musobaqa oldi davrida texnik harakatlar samaradorligini oshirish uchun murakkab fazalarni dinamik va statik holatlarda bajarishga qaratilgan “Blok ustasi” mobil ilovasiga depsinish, uchish va qo‘nish fazalariga mos texnik elementlarni kiritish hisobiga o‘yin jarayonidagi kombinatsion harakatlar takomillashtirigan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba-voleybolchilarning blok qo‘yish texnikasini takomillashtirish uchun texnik xatolarni aniqlash va korreksiya qilish, shuningdek, blok qo‘yish fazalarini bosqichma-bosqich hamda kompleks rivojlantiruvchi mashg‘ulot uslubiyatini ishlab chiqish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
talaba-voleybolchilarning blok qo‘yish texnik harakatini bajarishdagi xatolarini aniqlash va tuzatish uchun zamonaviy texnologiyalar, 3D tahlil natijalari asosida tayyorgarlik jarayonidagi turli xildagi harakatlarni fazoviy-vaqt xususiyatlarini hisobga olgan holda takroriy, imitatsion va real musobaqa sharoitidagi mashg‘ulotlarda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti voleybol ixtisosligi talabalarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 8-avgustdagi 02-16/8375-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-voleybolchilarning blok qo‘yish harakatini bajarish jarayonida tana qismlarining bo‘g‘im burchaklari tadqiqot oxiriga kelib 2 zona bo‘yicha 17,1%, 3 zonada 16,2% ga va 4-zonada 16,8%ga optimallashgan;
talaba-voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uchun bazaviy-rivojlantiruvchi mezotsikl mashg‘ulotlariga individual va juftlikda lateral harakat va plyometrik mashqlar sportchining antropometrik ko‘rsatkichlariga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona davlat universiteti universiteti voleybol ixtisosligi talabalarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 25-iyundagi 02/01-01-235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-voleybolchilarning blok qo‘yish harakati fazalari davomiyligi natijalari 2 zona bo‘yicha 14,94% ga,
4-zona bo‘yicha 14,61% ga o‘sish orqali yaxshilangan;
blok qo‘yuvchi voleybolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish uchun maxsus tayyorgarlikga kiruvchi raqib hujum simulyasiyasiga qarshi 2-, 3- va 4-zonalardan noqulay dinamik vaziyatlarda juftlik va guruhli bloklash mashqlarini kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan davlat universiteti voleybol ixtisosligi talabalarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 8-avgustdagi 02-16/8375-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-voleybolchilarning blok qo‘yishdan keyingi qo‘nish jarayonida og‘irlik markazi pasayishi 2-zona bo‘yicha 17,16% ga, 3-zona bo‘yicha 23% ga, 4-zona bo‘yicha 24,3% ga yaxshilanishiga erishilgan;
talaba-voleybolchilarning musobaqa oldi davrida texnik harakatlar samaradorligini oshirish uchun murakkab fazalarni dinamik va statik holatlarda bajarishga qaratilgan “Blok ustasi” mobil ilovasiga depsinish, uchish va qo‘nish fazalariga mos texnik elementlarni kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Buxoro davlat universiteti voleybolchi talabalarining tayyorgarlik jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 25-iyundagi 02/01-01-235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-voleybolchilarning blok qo‘yish harakati fazalari bo‘yicha baholash natijalari 2-zona bo‘yicha 17,16% ga, 4-zona bo‘yicha 17,57% ga takomillashgan.