Raxmatova Zilola Yurevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyoda ekologik yo‘naltirilgan fiskal siyosatlarning barqaror iqtisodiy o‘tishga qo‘shgan hissasini baholash”, 08.00.13 – Menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/FM1360.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Yangi O‘zbekiston” universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/07.07.2025.I.192.02 raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy rahbarlar: i.f.f.d., dotsent A.A.Maraximov
Rasmiy opponentlar: i.f.f.d., T. Hasanov (Singapur xalqaro maktabi direktori), i.f.f.d. Z.Mirza (“Yangi O‘zbekiston” universiteti)
Yetakchi tashkilot: Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston misolida ekologik yo‘naltirilgan fiskal siyosatlarning (yashil soliqlar, byudjet xarajatlari, fiskal rag‘batlar) barqaror iqtisodiy o‘tishga ta’sirini baholash, ularning samaradorligini aniqlash hamda yashil iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Markaziy Osiyo mamlakatlari sharoitida ekologik yo‘naltirilgan fiskal siyosatlarning barqaror iqtisodiy o‘sishga ta’siri birinchi bor kompleks tarzda, makroiqtisodiy va institutsional omillar uyg‘unligida baholandi.
Yashil fiskal instrumentlar (ekologik soliqlar, subsidiya va byudjet rag‘batlari) bilan iqtisodiy o‘sish, investisiya faolligi hamda atrof-muhit ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ekonometrik modellar asosida aniqlanib, ularning ta’sir mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab berildi.
O‘zbekiston uchun ekologik yo‘naltirilgan fiskal siyosatni takomillashtirishga qaratilgan boshqaruv modeli ishlab chiqilib, unda fiskal barqarorlik, yashil moliyalashtirish va ijtimoiy adolat tamoyillarining o‘zaro uyg‘unligi asoslandi.
Barqaror iqtisodiy o‘tishni ta’minlashda “yashil fiskal siyosat – institutsional sifat – iqtisodiy samaradorlik” zanjirining konseptual modeli taklif etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va metodik tavsiyalar O‘zbekiston bank-moliya hamda real sektorida ekologik yo‘naltirilgan fiskal siyosat va barqaror moliya tamoyillarini amaliyotga joriy etishda foydalanilmoqda. Tadqiqot natijalari bank faoliyatining zamonaviy strategik yo‘nalishlari, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarining barqaror rivojlanish strategiyalari bilan bevosita uyg‘unlashgan bo‘lib, O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG), yashil moliya (green finance) va ekologik boshqaruv tizimiga o‘tish jarayonlariga muhim ilmiy-amaliy hissa qo‘shadi.
Mazkur ilmiy tadqiqotda Markaziy Osiyoda ekologik yo‘naltirilgan fiskal mexanizmlarning iqtisodiy transformatsiyaga ta’sirini baholashda qo‘llanilgan nazariy-uslubiy yondashuvlar bank sektorida quyidagi strategik vazifalarni amalga oshirishda qo‘llanilmoqda:
•    ekologik toza texnologiyalarni, past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishni va resurslardan samarali foydalanishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yashil moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish;
•    SDG hamda ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillarini bank boshqaruv tizimiga integratsiya qilish, ekologik va iqlimiy moliyaviy risklarni baholash asosida barqaror investisiya strategiyalarini shakllantirish;
•    yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida banklarning institutsional mas’uliyatini oshirish, iqlimga bog‘liq moliyaviy risklarni (climate-related financial risks) aniqlash va monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va metodik tavsiyalar banklarning uzoq muddatli barqaror rivojlanish strategiyasini shakllantirishda, yashil obligatsiyalar (green bonds), barqaror moliyaviy instrumentlar (sustainable finance instrumens) hamda ekologik loyihalar samaradorligini baholash metodologiyasini joriy etishda nazariy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xususan, tadqiqot natijalari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki, AT “O‘zmilliybank”, shuningdek “Toshkentvino kombinati” AJ faoliyatida amaliyotga joriy etilgan. Jumladan, banklarda ekologik barqarorlikka yo‘naltirilgan kredit mahsulotlarini ishlab chiqish, SDG indikatorlari asosida strategik rejalashtirishni takomillashtirish hamda ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanilmoqda.
“Toshkentvino kombinati” AJ misolida tadqiqot natijalari ishlab chiqarish faoliyatida ekologik samaradorlikni oshirish, energiya va resurslardan foydalanish samaradorligini baholash, ekologik fiskal rag‘batlar ta’sirini hisobga olgan holda investisiya loyihalarini rejalashtirish hamda ESG tamoyillariga asoslangan barqaror korporativ boshqaruv elementlarini joriy etishda qo‘llanilmoqda.
Mazkur joriy etishlar tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan joriy etish dalolatnomalari bilan tasdiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish