Mahkamov Jamshid Abdulxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Iqlim o‘zgarishining Farg‘ona viloyati landshaftlariga hamda landshaft-meliorativ holatiga ta’sirini baholash», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Gr361.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziboeva Ozodxon Maxmudovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor; Toshboev Zafarjon Maxramqulovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘sh davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyati iqlimini o‘zgarishi landshaft komplekslariga va landshaft-meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
statistik, fond materiallar va aerokosmik metodlar yordamida Farg‘ona viloyatining 1:100 000 masshtabli landshaft, landshaft-meliorativ, erosti suv sathining o‘zgarish kartasi, er resurslarini sho‘rlanish kartalari yaratilgan;
iqlim o‘zgarishini Farg‘ona viloyati landshaftlariga ta’siri effekti aniqlangan hamda hududning landshaft-meliorativ holatida o‘zgarish dinamikasining er osti suvlari sathi tebranishlariga mos tarzda baholangan;
iqlim o‘zgarishini landshaft-meliorativ holatga va tuproqlarning hosildorlik darajasiga ta’siri mexanizmlari aniqlashtirilgan hamda er resurslarini o‘zlashtirish darajalari juda yuqoriligi aniqlangan;
Farg‘ona viloyati iqlim o‘zgarishi sharoitida landshaft hilma-hilligini saqlash, er resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik vaziyatini yaxshilash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishining Farg‘ona viloyati landshaftlariga hamda landshaft-meliorativ holatiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqlim o‘zgarishini landshaftlarga ta’siri effekti aniqlanganligi hamda hududlarning landshaftlar o‘zgarish dinamikasini baholashlari “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi “Geoekologiya va meliorativ gidrogeologiya” laboratoriyasining ilmiy-amaliy tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 14-iyuldagi 08-2113-son ma’lumotnomasi). Natijada, haroratni ortishi va yog‘in miqdorini kamayishi qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorlik darajasini pasayishiga va erlarni sho‘rlanishiga ta’sir etishini aniqlashga hamda er resurslarini sho‘rlanishini oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqishga imkon yaratilgan;
landshaft-meliorativ holatga, tuproqlarning hosildorlik darajasiga iqlim o‘zgarishining ta’siri, qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishiga harorat va yog‘in miqdori o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar ta’siri hamda er resurslarining o‘zlashtirilish darajalari va prognozlari “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi “Geoekologiya va meliorativ gidrogeologiya” laboratoriyasining ilmiy-amaliy tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 14-iyuldagi 08-2113-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishini tuproqlarning meliorativ holatiga va hosildorlik darajasiga ta’sirini o‘rganish hamda er resurslarini o‘zlashtirilish darajalarini aniqlash va bashorat qilish tadqiqotlarini olib borishda foydalanish imkonini bergan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida landshaft hilma-hilligini saqlash, er resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi “Geoekologiya va meliorativ gidrogeologiya” laboratoriyasining ilmiy-amaliy tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 14-iyuldagi 08-2113 –son ma’lumotnomasi). Natijada, geoekologik xavfsizlik va erlarning unumdorligini saqlash, suv tanqisligi sharoitida suv va tuz rejimini maqbullashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan.