Mavlonov Ahmadjon Muhamadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston cho‘l mintaqasi turistik resurslaridan foydalanishning geografik asoslari (Buxoro va Navoiy viloyatlari misolida)», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Gr24. 
Ilmiy maslahatchi: Komilova Nilufar Karshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Nizamiev Abdurashit Gumarovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning cho‘l mintaqasida turistik resurslardan foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash va ularga ta’sir etuvchi omillarni baholash hamda bu boradagi muammolarning echimi bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turizm geografiyasiga oid cho‘l turizmi, cho‘l hududlari balneologiyasi, cho‘l ekoturizmi, cho‘l rekreatsiyasi kabi ilmiy tushunchalarning ta’rifi ishlab chiqilgan va ular ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
cho‘l zonasi rekreatsion-turistik imkoniyatlari qulaylik darajasiga ko‘ra (juda qulay (bahorgi), o‘rtacha qulay (kuzgi), qulay (qishki) va noqulay (yozgi)) baholash mezonlari ishlab chiqilgan hamda ularning tabiiy va iqtisodiy geografik xususiyatlari (havoning harorati, kunning uzoq qisqaligi, dam olish imkoniyatlari, gastronomiyasi) bilan aloqadorligi aniqlangan;
mintaqalarda xalqaro va ichki turizmni yanada rivojlantirish, turistlar oqimini ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida turizm sohasiga xizmat ko‘rsatuvchi Buxoro viloyatining turizm va rekreatsiya veb sayti yaratilgan;
Buxoro viloyatining tabiiy-iqlimiy, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy turistik-rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida tumanlarning (Romitan, Vobkent, Kogon) yangi turistik marshrutlari va ularning namunaviy passportlari ishlab chiqilgan;
Buxoro va Navoiy viloyatlarining rekreatsion-turistik imkoniyatidan yanada samarali foydalanish hisobiga mehnat resurslari salmogʻi yuqori bo‘lgan o‘rta va kichik shaharlarda (tuman markazlarida) ishsiz mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash maqsadida rekreatsion-turistik klasterlarni tashkil etish zaruriyati asoslangan; 
Buxoro va Navoiy viloyatlarining turistik-rekreatsion resurslari va turizm xizmatlarini o‘rganish asosida ularning turizm sohasidagi o‘rta va uzoq muddatli prognoz parametrlari balans va ekstrapolyasiya usullari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cho‘l mintaqalarida turizmni rivojlanishining hududiy xususiyatlarini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
taklif etilgan turizm geografiyasiga oid cho‘l turizmi, cho‘l rekreatsiyasi, cho‘l hududlari balneologiyasi, cho‘l ekoturizmi kabi yangi ilmiy yo‘nalishlardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 03-10-17-4149-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqada yangi turizm turlari va ularning hududiy imkoniyatlarini ishlab chiqishga oid hududiy dasturlarni tayyorlash va mintaqaga keladigan turistik oqimning istiqboldagi yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan;
cho‘l turizmi, cho‘l rekreatsiyasi, cho‘l hududlari balneologiyasi, cho‘l ekoturizmining ilmiy va nazariy asoslari, O‘zbekistonning cho‘l mintaqasi turizmi imkoniyatlarini baholash, geografik jihatdan ilmiy asoslash, respublika cho‘l hududlari bo‘yicha yangi turistik marshrutlar yaratish, cho‘l mintaqasida turistik imkoniyati mavjud destinatsiyalarini belgilash, shuningdek, cho‘l turizmini rivojlantirish imkonini beradigan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 03-10-17-4149-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №237-t-008). Natijada cho‘l turizmi, cho‘l rekreatsiyasi, cho‘l hududlari balneologiyasi, cho‘l ekoturizmi tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli va kengroq tushunishini ta’minlash orqali o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan hamda o‘quv dasturlari va sillabuslarni takomillashtirish imkonini bergan;
cho‘l zonasining rekreatsion-turistik imkoniyatlari qulaylik darajasiga ko‘ra (juda qulay (bahorgi), o‘rtacha qulay (kuzgi), qulay (qishki) va noqulay (yozgi)) baholash mezonlari ishlab chiqilgan hamda ularning tabiiy va iqtisodiy geografik xususiyatlari (havoning harorati, kunning uzoq qisqaligi, dam olish imkoniyatlari, gastronomiyasi) bilan aniqkangan aloqadorliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 03-10-17-4149-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro va Navoiy viloyati hududlari bo‘yicha yangi turistik marshrutlar yaratish, turizm turlarini rivojlantirish imkonini beruvchi alohida hududlarni ajratib olish, shuningdek, turizmni rivojlantirish strategiyasini jadallashtirish imkoniyati shakllangan;
mintaqalarda xalqaro va ichki turizmni yanada rivojlantirish, turistlar oqimini ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida turizm sohasiga xizmat ko‘rsatuvchi Buxoro viloyatining  turizm va rekreatsiya veb saytidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 03-10-17-4149-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaga keladigan xalqaro va mahalliy turistlarga hududning turistik salohiyatini ko‘rsatish hamda mavjud turistik-rekreatsiya resurslariga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi;
Buxoro va Navoiy viloyatlarining rekreatsion-turistik imkoniyatidan yanada samarali foydalanish hisobiga mehnat resurslari salmogʻi yuqori bo‘lgan o‘rta va kichik shaharlarda (tuman markazlarida) ishsiz mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash maqsadida rekreatsion-turistik klasterlarni tashkil etish zaruriyati bo‘yicha ilgari surilgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 03-10-17-4149-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida viloyatlarning rekreatsion-turistik imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, turizm yo‘nalishlarini ko‘paytirish, keladigan sayyohlarga sharoitlarni yaxshilash hamda yangi turistik klasterlarni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Buxoro va Navoiy viloyatlarining turistik-rekreatsion resurslari va turizm xizmatlarini o‘rganish asosida ularning turizm sohasidagi o‘rta va uzoq muddatli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-maydagi 03-10-17-4149-son ma’lumotnomasi). Natijada turistlar oqimini boshqarish, istiqbolli turistik distenatsiyalarni aniqlash hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yanada rivojlantirish, tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimining barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish