Abdirahimova Sayyora Shodiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi hududlarida qora ching‘ilning (Lycium ruthenicum Murr.) bioekologik xususiyatlari va mikroklonal ko‘paytirishning tamoyillari», 03.00.10 – Ekologiya, 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B339.
Ilmiy rahbarlar: Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich, biologiya fanlari doktori, professor, Adilov Bexzod Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.B.01.15 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shapulatov Umidjon Muxamedovich, biologiya fanlari doktori; Aytmuratov Rapat Paraxatovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.  
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi hududi turli tuproq sharoitlarida o‘suvchi Lycium ruthenicum ning bioekologik xususiyatlarini aniqlash hamda in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirishning biotexnologik samarador usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Orolbo‘yi subpopulyasiyalaridagi Lycium ruthenicum ning morfologik va ekologik xususiyatlari aniqlangan va “tarixiy” hamda “zamonaviy” eko-fitotsenotik optimum hududlari aniqlangan;
o‘simlikni tuproqdan kimyoviy elementlarni va sho‘rlantiruvchi ionlarni tanlab o‘zlashtirish xususiyatlari aniqlangan;
Lycium ruthenicum urug‘larining unib chiqishi uchun optimal sharoitlar aniqlangan hamda stratifikatsiyaning ijobiy ta’siri isbotlangan; 
Lycium ruthenicum urug‘larini in vitro sterillash, optimal muhitlarda yuqori mahsuldor nihollar olish va ex vitro moslashtirish yullari ochib berilgan;
Lycium ruthenicum tuz stressga javob reaksiyasi baholangan va fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orolbo‘yi hududlarida qora ching‘ilning (Lycium ruthenicum Murr.) bioekologik xususiyatlari va mikroklonal ko‘paytirishning tamoyillari doirasida olingan natijalar asosida: 
Lycium ruthenicum ni in vitro sharoitida ko‘paytirish, kuchli sho‘rlanishga adaptatsiyalangan nihollarini etishtirish bo‘yicha tavsiyalar O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 25 fevraldagi 05/13-04-80-son ma’lumotnomasi). Natijada, Lycium ruthenicum ni in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish va ko‘chat biomateriallarini olish imkonini bergan;
Lycium ruthenicum ning turli tuproq tiplari va sho‘rlanish darajalari, fitotsenozlardagi ulushini hisobga olgan holda Orol dengizi qurigan tubining mos hududlariga ekib ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Mo‘ynoq tumani bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 16 apreldagi 02/017-1109-son ma’lumotnomasi). Natijada, Lycium ruthenicum yordamida ko‘chma qumlarni mustahkamlash va sho‘rxokliklarda o‘rmonzorlar barpo etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish