Sayliev Ismatjon Ismatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ishchi qismining tarkibi yangi qotishmadan tayyorlangan qurilmani qo‘llash asosida paxta chigitini chaqish jarayonini jadallashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5592.
Ilmiy rahbar: Majidov Qaxramon Xalimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor; Kuzibekov Sardor Komilovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ishchi qismining tarkibi yangi qotishmadan tayyorlangan qurilmani qo‘llash asosida paxta chigitini chaqish jarayonini jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta chigitini chaqishda qo‘llaniladigan DS-5 chaqish uskunalaridagi kompozit materiallardan tayyorlangan pichoqlarda uskunaning chaqish unumdorligi 10-15% ga oshirishga hamda pichoqlarni ishlatish davomiyligi a’nanaviy usuldan 72-96 soatgacha uzoq muddat foydalanilishi ilmiy asoslangan;
takomillashtirilgan chaqish uskunalarda paxta chigitini chaqishda yo‘qotishlarni 2-4% ga kamaytirishga hamda uskunani ishlash samaradorligi 8-12% ga oshirilishi isbotlangan;
pichoqlarning texnologik ishonchliligi 30-40% ga, kesuvchi qirraning kesuvchanlik qobiliyati 35-50% ga, turg‘unligi 3 barobarga oshishi asoslangan;
ishchi qismining tarkibi yangi qotishmadan tayyorlangan qurilmani qo‘llash asosida paxta  chigitini chaqishning takomillashtirilgan DS-5 uskunasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishchi qismining tarkibi yangi qotishmadan tayyorlangan qurilmani qo‘llash orqali paxta chigitini chaqish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta chigitini takomillashtirilgan pichoqlar yordamida chaqish texnologiyasi “RIZQU-TOJIR” MChJ korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 23 yanvardagi KC/3-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta chigitini chaqishda chiqimlarni 2-4% ga kamaytirishga hamda uskunani ishlash samaradorligini 10%-15% ga oshirish imkonini bergan;
ishchi qismining tarkibi yangi qotishmadan tayyorlangan DS-5 qurilmasi “RIZQU-TOJIR” MChJ korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 23 yanvardagi KC/3-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, pichoqlarni ishlatish davomiyligi mavjud texnologiyaga nisbatan 72-96 soatga uzoq muddat foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish