Sanakulova Sarviniso Xamrakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axloqiy kontentlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10961
Ilmiy rahbar: Mardanov Shukurullo Kuldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yusupova Xabiba Iriskulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axloqiy kontentlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi mazmuni dars va darsdan tashqari pedagogik jarayonlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy-emotsional ehtiyojlariga muvofiq axloqiy kontentlarni ishlab chiqish orqali multikultural tarbiya mexanizmlarini milliy va madaniyatlararo qadriyatlarga tayangan vaziyatli ssenariylar bilan boyitish asosida takomillashtirilgan;
bolalar milliy kontentlarining didaktik imkoniyatlari o‘zbek va jahon xalqlari ertaklaridagi axloqiy obrazlar bilan bag‘rikenglik va hurmatni targ‘ib etuvchi rolli o‘yinlar, interfaol mashqlarni o‘quvchilarni millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonga integrativ qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli axloqiy kontentlar vositasida bolalarning kundalik muloqot tajribasini kengaytiruvchi mashg‘ulotlar, obrazli topshiriqlar va sahnalashtirilgan vazifalar orqali sodda muloqot holatlarini izchil o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan maktab-oila hamkorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi axloqiy-madaniy anglash, muloqot etikasi kabi mezonlar asosida yuqori (millatlararo farqlarni hurmat qilish va munosabatda e’tiborli bo‘lish), o‘rta (hurmat ko‘rsatishda ba’zan izchillikning bo‘lmasligi) va quyi (turli millat vakillari bilan muloqotda noqulaylik sezish) darajalarga ajratilgan baholash tizimini yaratish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axloqiy kontentlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi mazmuni dars va darsdan tashqari pedagogik jarayonlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy-emotsional ehtiyojlariga muvofiq axloqiy kontentlarni ishlab chiqish orqali multikultural tarbiya mexanizmlarini milliy va madaniyatlararo qadriyatlarga tayangan vaziyatli ssenariylar bilan boyitish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan “Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-oktyabrdagi 03-33-2740-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dars va darsdan tashqari pedagogik jarayonlarda foydalanish uchun milliy va madaniyatlararo qadriyatlarga tayangan vaziyatli ssenariylar, axloqiy kontentlarni ishlab chiqishga erishilgan;
bolalar milliy kontentlarining didaktik imkoniyatlari o‘zbek va jahon xalqlari ertaklaridagi axloqiy obrazlar bilan bag‘rikenglik va hurmatni targ‘ib etuvchi rolli o‘yinlar, interfaol mashqlarni o‘quvchilarni millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonga integrativ qo‘llash orqali takomillashtirishga doir mualliflik g‘oyalaridan Namangan, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridagi tegishli umumiy o‘rta ta’lim maktablari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-oktyabrdagi 03-33-2740-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va jahon xalqlari ertaklaridagi bag‘rikenglik va hurmatni targ‘ib etuvchi axloqiy obrazlarni “Kelajak soatlari”ning tarbiyaviy mazmuniga kiritish orqali o‘quvchilarda millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli axloqiy kontentlar vositasida bolalarning kundalik muloqot tajribasini kengaytiruvchi mashg‘ulotlar, obrazli topshiriqlar va sahnalashtirilgan vazifalar orqali sodda muloqot holatlarini izchil o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan maktab-oila hamkorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir mualliflik g‘oyalaridan “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-oktyabrdagi 03-33-2740-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, axloqiy kontentlar vositasida bolalarning kundalik muloqot tajribasini kengaytiruvchi mashg‘ulotlar, obrazli topshiriqlar va sahnalashtirilgan vazifalar orqali sodda muloqot holatlarini izchil o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan maktab-oila hamkorligi ta’minlashga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi axloqiy-madaniy anglash, muloqot etikasi kabi mezonlar asosida yuqori (millatlararo farqlarni hurmat qilish va munosabatda e’tiborli bo‘lish), o‘rta (hurmat ko‘rsatishda ba’zan izchillikning bo‘lmasligi) va quyi (turli millat vakillari bilan muloqotda noqulaylik sezish) darajalarga ajratilgan baholash tizimini yaratish asosida aniqlashga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarida, shuningdek, “Millat va ma’naviyat”, “Bolalar va biz” dasturlaridagi radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-oktyabrdagi 05-09-1627-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining millatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi axloqiy-madaniy anglash, muloqot etikasi kabi mezonlar asosida yuqori, o‘rta va quyi darajalarga ajratilgan baholash tizimini yaratish asosida aniqlashga erishilgan.