Abdullaev Abduraxim Rovshan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Seysmik ta’sirlarni hisobga olgan holda avtomobil yo‘llaridagi uzlyuksiz monolit ko‘prik inshootlarining konstruktiv parametrlarini tanlash”, 05.09.02 – “Geotexnika” (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4015 Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Ulug‘bek Zabixullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor, Nishonov Ne’matilla Asatillaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi seysmik sharoitlarida haqiqiy zilzila yozuvlari asosidagi seysmik ta’sirlarda avtomobil yo‘llaridagi uzlyuksiz monolit ko‘prik inshootlarining konstruktiv parametrlarini tanlash orqali zilzilabardoshligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil yo‘llaridagi uzlyuksiz monolit ko‘prik inshootlarining fazoviy konstruksiyalarini turli grunt sharoitlarida real zilzila yozuvlari asosidagi seysmik ta’sirlarga sonli hisoblash usuli Vinkler modelini qo‘llagan holda grunt va poydevor konstruksiyasi o‘zaro ta’siri modelini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
uzlyuksiz monolit ko‘prik inshootlarining konstruktiv parametrlarini tanlash usuli tayanchlarning turli balandliklar va oraliq qurilmalarning turli uzunliklar uchun O‘zbekiston Respublikasining keskin kontinental, quruq issiq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda real zilzila yozuvlari asosida ishlab chiqilgan;
maksimal hisobiy zilzila ta’sirida uzlyuksiz monolit ko‘prik inshootlari oraliq qurilmasi trosslarining zo‘riqtirilishini (post-tension) hisobga olgan holda zo‘riqtirishning turli holatlarda konstruktiv elementlardagi maksimal cho‘zuvchi va siquvchi kuchlanishlarining qiymatlari aniqlangan va trosslarni zo‘riqtirishining ratsional rejimi qiymatlari ilmiy asoslangan;
uzlyuksiz monolit temirbeton ko‘priklarning zilzilabardoshligini baholashda harorat deformatsiyalari va real zilzila yozuvlari asosida seysmik kuchlarning birgalikdagi ta’sirini hisobga olinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Seysmik taʼsirlarni hisobga olgan holda avtomobil yoʻllaridagi uzlyuksiz monolit koʻprik inshootlarining konstruktiv parametrlarini tanlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Islom Karimov ko‘chasidan M39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan yangi 4K-253a avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan uzlyuksiz monolit yo‘lo‘tkazgich qurilishi” loyihasi bo‘yicha ko‘prik inshootining konstruktiv parametrlarini tanlash orqali uning seysmik mustahkamligi ta’minlangan va “Boshtransloyiha” AJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025 yil 23 sentyabrdagi 4/E1314-son ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil yo‘llaridagi ko‘p sathli transport kesishmalarining takomillashtirilgan loyiha qiymati bazaviy loyiha qiymatiga nisbatan 13÷19% oralig‘ida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi turli grunt sharoitlarida dinamik usulda real zilzila yozuvlari asosida avtomobil yo‘llaridagi uzlyuksiz monolit ko‘prik inshootlari fazoviy konstruksiyalarining sonli hisoblash usuli “Boshtransloyiha” AJ da joriy qilish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2025 yil 23 sentyabrdagi 4/E1314-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usulda uzlyuksiz monolit yo‘lo‘tkazgichni mavjud zilzilalarning yozuvlari asosida tayanchlarning turli balandliklarda (6m, 8m, 10m, 12m bo‘lganda) va turli grunt sharoitlarida zilzilabardoshlikka hisoblanganda, oraliq qurilmalardagi normal kuchlanishlar amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi isbotlandi hamda ko‘prik inshooti oraliq qurilmasi uchun maksimal siqilishdagi kuchlanishi -14.703 MPa (qum uchun), cho‘zilishdagi maksimal kuchlanish -8,796 MPa (absolyut qattiq grunt uchun) tashkil qilib ko‘prik inshooti seysmik mustahkamligini ta’minlashiga erishilgan.