Usmonov Muxammadamin Talatbekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligidagi “Aholi turar joylarida elektr uskunalari bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni oldini olishning usullarini takomillashtirish”  dissertatsiya mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi byulleteniga ro‘yxatga olish uchun berilgan. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2025.1. (PhD),/T5514.  
Ilmiy rahbarlar: Jumaev Sayfidin Qodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Respublikasi Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Fizika-matematika fanlari doktori (DSc), dotsent Bekpulatov Ilhom Rustamovich va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi muammolari ilmiy tadqiqot instituti boshlig‘ining o‘rinbosari t.f.f.d. (PhD), katta ilmiy xodimi Saidov Muxiddin Sadirovich.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholi turar joylarida elektr uskunalari bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni oldini oluvchi himoya apparatlari va dasturiy ta’minot yaratish hamda termikbardosh, mexanik va deformatsion xususiyatga ega elektr simlari izolyasiyasini olovbardosh tarkiblar bilan modifikatsiyalangan yangi namunalari va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo‘yidagilardan iborat:
elektr uskunalari bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarning oldini olishda taklif etilayotgan dasturiy ta’minot va uskuna yordamida elektr simlaridagi haroratni o‘zgarishi, tok kuchini oshib ketganida xabar beruvchi ko‘p funksiyali universal himoya uskunasining issiqlik-texnik ko‘rsatkichlarini hisoblash usulining nomogrammasi ishlab chiqilgan;
taklif etilayotgan dasturiy ta’minot yordamida quvvat 5200 Vt bo‘lganda avtomatik o‘chirgich simning qizish darajasini 4 daqiqada (240 soniyada) sezishi, tarmoqdagi qizish harorati 3100S bo‘lganda simning izolyasiyasi erib qisqa tutashuv hodisasi sodir bo‘lganida avtomatik tarzda tarmoqdan ajratish tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan;
sim izolyasiyalarini 10, 20, 30% miqdorli antipiren bilan modifikatsiyalash natijasida kislorod indeksi 17,4 dan 31,7 %ga, plastifikatlangan, PVXning kislorod indeksi ko‘rsatkichi 49 dan 52,1% ga ortishi, namuna 0,14 M N/m2 og‘irlik kuchi ta’sir ettirilganda harorat 0oC dan 350oC oralig‘ida, deformatsiya kuchi 0–395 mm da inversiyasining eng yuqori ko‘rsatkichda bo‘lishi asoslangan;
modifikatsiyalangan PVS 2x1,5 bo‘lgan mis tolali sim va APUNP 2x2,5 markali alyuminiy simning izolyasiyalarining qalinligi 0,919 mm ni tashkil etishi, elektr xavfsizligi talablari minimal 0,7 mm ga nisbatan 31% ga, nisbiy cho‘zilishi va uzilishdagi mustahkamligini 8% ga oshirishning eng maqbul sharoitlari ko‘rsatkichlarining nisbat kattaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  holi turar joylarida elektr uskunalari bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni oldini olishning usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Taklif etilayotgan namunadagi modifikatsiyalangan PVS 2x1,5 bo‘lgan mis tolali sim va APUNP 2x2,5 markali alyuminiy simning izolyasiyalangan tarkibi namunalari “SEVEN SYSTEM” MChJ, “SAM SITY” MChJ, Toshkent shahri, Sergeli tumanidagi Artikul Aziya Kabel zavodiga sanoat miqyosida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2025–yil 24–yanvardagi 5/4/30–194–sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, o‘tkazgich simlari izolyasiyasini 10, 20, 30 % miqdorda antipiren bilan modifikatsiyalash kislorod indeksi ko‘rsatkichi 17,4 dan 31,7 % ni, plastifikatlangan PVXning KI ko‘rsatkichi 49 dan 52,1% gacha ortishi aholi xonadonlari  va iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘ladigan yong‘inlarning oldini olish imkonini bergan; 
polimer materiallarning elektr simlari izolyasiyasi bilan modifikatsiyalashning yangi taklif etilayotgan namunadagi tarkib simlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon viloyati FVB amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2025–yil 24–yanvardagi 5/4/30–194–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliardlab so‘m miqdoridagi iqtisodiy samara keltirishi va insonlarning barvaqt halok bo‘lishining oldini olishni 7-12 % ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish