Yarbekov Jasur Baxtiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qutqaruvchilar shikastlanishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va ularni oldini olishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish”, 
05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” va 05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” ixtisosliklari tutashligida (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.I.PhD/T5505. 
Ilmiy rahbarlar: Lityaga Artyom Valerivich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Xujanov Chariyor Ruzievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Gapparov Furqat Axmadovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor, Djuraev Sobir Mirzaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qutqaruvchilar shikastlanishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tahlil qilish, shikastlanishlarni oldini olishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish, qutqaruvchilarning mehnat xavfsizligini taminlash hamda avariya-qutqaruv asbob-anjomlarini davriy sinovdan o‘tkazish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qo‘yidagilardan iborat:
yong‘in qutqaruvchilari uchun  mo’ljallangan yangi namunadagi USD 500 rusumli dastgohi favqulodda vaziyatlarda foydalanilayotgan qutqaruv asbob-anjomlarni davriy sinovdan o’tkazish imkoniyatining echimi topilganligi asosida takomillashtirilgan;
amalda keng qo’llanilayotgan dastgohda avariya-qutqaruv asbob-anjomlarini davriy sinovdan o’tkazishda 7 nafar harbiy xizmatchilar jalb etilgan bo’lsa, yangi namunadagi  universal sinov dastgohida yong‘in qutqaruvchilar sonini 5 nafarga qisqartirish mumkinligi asoslangan;
taklif etilayotgan yangi namunadagi dastgohni (USD 500) soha amaliyotiga qo’llash natijasida, avariya-qutqaruv asbob-anjomlarining davriy sinovlarini 15% gacha, qutqaruvchilarning shikastlanish darajasini 10-15 % gacha kamaytirilishiga erishilgan; 
ishlab chiqilgan yangi namunadagi dastgoh avariya-qutqaruv asbob-anjomlarining davriy sinovlarni amalga oshirish,  o’z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, qisqa muddatda uni qayta hisobga qo’yish va yong‘inlarni bartaraf etish ishlarini sifatli tashkil qilishning optimal variantlarining modeli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qutqaruvchilar shikastlanishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va ularni oldini olishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
yong‘in qutqaruvchilari uchun  mo’ljallangan yangi namunadagi USD 500 rusumli dastgohi favqulodda vaziyatlarda foydalanilayotgan qutqaruv asbob-anjomlarining tajriba-sinovi O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus vazifalar bo’yicha respublika qutqaruv markaziga joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (2024 yil 28 iyul kunidagi 5/4/38-2077-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi namunadagi rusumli (USD 500) dastgohni qo’llanilishi sinovdan o’tkazilib, ishni tashkillashtirishga jalb etilgan harbiy xizmatchilar sonini 5 nafarga qisqartirish, qutqaruvchilarning shikastlanishini darajasini 10-15%ga kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan yangi namunadagi dastgoh avariya-qutqaruv asbob-anjomlarining davriy sinovlarni amalga oshirish,  o’z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, qisqa muddatda uni qayta hisobga qo’yish va yong‘inlarni bartaraf etish ishlarini sifatli tashkil qilishning optimal variantlari O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sohaviy xizmatlariga yangi turkumdagi texnik vosita sifatida joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (2024 yil 28 iyul kunidagi 5/4/38-2077-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi namunadagi dastgohni (USD 500) qo’llash orqali avariya-qutqaruv asbob-anjomlarining (qo’l narvonlari, qutqaruvchi kamari va karabini) davriy sinovlari 15% gacha kamaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish