Usmanova Feruza Sandjarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tolali to‘qimachilik materiallarini bo‘yash va yakunlovchi pradozlashning birlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5982.
Ilmiy rahbar: Nabiev Nabijon Don`yorovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta tolali to‘qimachilik materiallarini bo‘yash va yakunlovchi pardozlashning birlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolali materiallarga uzluksiz usulda gidrofob, oleofob va kislotabardosh xossa berish jarayonining texnologik parametrlari o‘rnatilgan hamda jarayon mexanizmi fizik-kimyoviy taxlillar bo‘yicha aniqlangan;
paxta tolali to‘qimachilik materiallarini aktiv bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash va yakunlovchi pardozlashning, jumladan gidrofob, oleofob va kislotabardosh xossa berishning birlashtirilgan resurstejamkor samarador texnologiyasi ko‘p omilli tajribalarni rejalashtirish orqali yaratilgan;
ishlov berilgan mato morfologiyasi va IQ-spektroskopik tahlillar bo‘yicha Tubiguard SCS-F va xlorosulfirlangan polietilen kompozisiyalari asosidagi appret komponentlarini paxta tolali substrat bilan o‘zaro kimyoviy va molekulalararo bog‘lanishi isbotlangan;
paxta tolali trikotajni yumshatish jarayonida appret komponentlarini matoning fizik-mexanik va koloristik ko‘rsatkichlariga bo‘lgan ta’siri bo‘yicha uni bo‘yash, yumshatish va gidrofob xossa berish jarayonlarining texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  paxta tolali to‘qimachilik materiallarini bo‘yash va yakunlovchi pradozlashning birlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
trikotaj matosini oqartirish, bo‘yash va yakuniy pardozlash jumladan gidrofob xossa berish va yumshatish jarayonlari “TURAN TEX” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 23 oktyabr` 2025 yil №02/25-2535 sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolali to‘qimachilik materiallarini aktiv bo‘yovchi modda bilan bo‘yash va yakunlovchi pardozlashni birlashtirish orqali yuqori rang intensivlikdagiga, suvli ishlovlarga mustahkam (5/5/5 ball) bo‘lganligiga, antidagezion xossali (220-260 mm suv.ust.) mato ishlab chiqarishda har         12 tonna mahsulot uchun suv sarfi 69,2%, elektr energiya 22,9%, jarayonlar davomiyligi 22 % qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish