Porsaev Umid Ganidjanovich 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich. Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodirbek Boqijonovich pedagogika fanlari doktori, professor. Abdullaeva Komilla Timurovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kognitiv-diskursiv muhitda muloqot subektlarining ijtimoiy-madaniy kodlarini verbal va neverbal belgilalar orqali ma’no hosil qilish jarayonini semiotik muhitda funksional muvofiqligiga ko‘ra lingvopragmatik uyg‘unlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli interaktiv va refleksiv o‘quv muhitida kross-madaniy muloqot ssenariylarini lingvokognitiv qayta tashkil etishda multimodal resurslardan foydalanish orqali kognitiv faollikni so‘zlashuv jarayonlarida semantik uzviylik asosida rag‘batlantirishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi raqamli-pragmatik muhitda muloqot subektlarining kognitiv refleksiyasi va interfaol ijtimoiy faolligini muvofiqlashtirish, ta’limiy texnologiyalarni madaniy-semantik vositalar bilan birlashtirish hamda dialogik muloqotda nutqiy maqsadni dinamik faollashtirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi semantik va pragmatik tarkibning diskursiv uyg‘unligini ta’minlovchi kognitiv strategiyalar asosida til birliklari ma’no tuzilmalari o‘rtasidagi assotsiativ bog‘lanishlarni pedagogik taxlilga ko‘ra muvozanatlash orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kognitiv-diskursiv muhitda muloqot subektlarining ijtimoiy-madaniy kodlarini verbal va neverbal belgilalar orqali ma’no hosil qilish jarayonini semiotik muhitda funksional muvofiqligiga ko‘ra lingvopragmatik uyg‘unlashtirish orqali  aniqlashtirishga oid takliflar “English  language for primary education studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 2-sentyabrdagi“22-01-559/22” sonli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning  kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini  tahlil qilishga erishilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli interaktiv va refleksiv o‘quv muhitida kross-madaniy muloqot ssenariylarini lingvokognitiv qayta tashkil etishda multimodal resurslardan foydalanish orqali kognitiv faollikni so‘zlashuv jarayonlarida semantik uzviylik asosida rag‘batlantirishiga ko‘ra takomillashtirishga doir tavsiyalardan “English language for primary education studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 2-sentyabrdagi“22-01-559/22” sonli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modeli komponentlarini aniqlashga erishilgan;
talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi raqamli-pragmatik muhitda muloqot subektlarining kognitiv refleksiyasi va interfaol ijtimoiy faolligini muvofiqlashtirish, ta’limiy texnologiyalarni madaniy-semantik vositalar bilan birlashtirish hamda dialogik muloqotda nutqiy maqsadni dinamik faollashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflardan “English language for primary education studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 2-sentyabrdagi“22-01-559/22” sonli ma’lumotnoma). Natijada talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi mashqlar tizimi orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi semantik va pragmatik tarkibning diskursiv uyg‘unligini ta’minlovchi kognitiv strategiyalar asosida til birliklari ma’no tuzilmalari o‘rtasidagi assotsiativ bog‘lanishlarni pedagogik taxlilga ko‘ra muvozanatlash orqali oshirilishiga oid tavsiyalardan “English language for primary education studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunisiga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti kengashining 2025 yil 2-sentyabrdagi“22-01-559/22” sonli ma’lumotnoma). Natijada talabalarning kommunikativ kompetensiyasining rivojlanganlik darajasi monitoringi baholash mezonlari orqali  aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish