Rasulkulova Kamola Tursinbaevna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Veb texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitishda talabalarning kommunikativ kompetensiyasyini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9372
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Hamidova Nilufar Djumaevna. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Jabborov Ulug‘bek Abdurahmonovich pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Ishoqjon Ibrat nomidagi Namangan chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Veb texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitish jarayonida talabalar kommunikativ kompetensiyalarini samarali rivojlantirish uchun yangi metodikalarni ishlab chiqish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
          talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari veb-texnologiyalar asosidagi raqamli o‘quv muhitida mediatil jarayonlarini didaktik-kommunikativ konvergensiya orqali integrativ uyg‘unlashtirishning funksional-pedagogik mexanizmlariga ko‘ra aniqlangan. 
          veb-texnologiyalar integratsiyasida chet tilini o‘qitish modeli interaktiv ta’lim platformalarida til o‘rganuvchining faol ishtirokiga tayangan holda lingvistik-metodik integratsiya orqali ma’no shakllanishining kognitiv-pragmatik va diskursiv-funksional parametrlarini raqamli mediadidaktikaning adaptiv-interaktiv arxitekturasiga ko‘ra aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan. 
         veb-texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitish metodikasi talabalarning kognitiv va refleksiv sub’ekt-faolligini rag‘batlantiruvchi raqamli-interaktiv ta’lim muhitida semantik muloqot jarayonlarini kommunikativ funksional dinamikasi asosida ma’no shakllanishining kognitiv-prosessual, pragmatik-diskursiv va interpretative jihatdan integrative konstruksiyalash orqali takomillashtirilgan. 
         talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi veb-interaktiv muloqotda til birliklari va mul’timodal ishoralar o‘rtasidagi leksik-funksional muvofiqlashuvni ta’minlash hamda muloqot barqarorligini interaktiv refleksiya orqali oshirish asosida rivojlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Veb texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitishda talabalarning kommunikativ kompetensiyasyini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari: 
talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari veb-texnologiyalar asosidagi raqamli o‘quv muhitida mediatil jarayonlarini didaktik-kommunikativ konvergensiya orqali integrativ uyg‘unlashtirishning funksional-pedagogik mexanizmlariga ko‘ra aniqlanishi bo‘yicha ilmiy tavsiyalar  “Xorijiy til” nomli darslik mazmuniha singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetininig  2024 yil 10 maydagi 11-05- 2096/04-son dalolatnomasi). Natijada oliy  ta’limda xorijiy til (ingliz tili) yo‘nalishida ta’lim veb- resurslarining etti turdagi formatlarini integratsiyalash orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga  xizmat qilgan.  
veb-texnologiyalar integratsiyasida chet tilini o‘qitish modeli interaktiv ta’lim platformalarida til o‘rganuvchining faol ishtirokiga tayangan holda lingvistik-metodik integratsiya orqali ma’no shakllanishining kognitiv-pragmatik va diskursiv-funksional parametrlarini raqamli mediadidaktikaning adaptiv-interaktiv arxitekturasiga ko‘ra aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xorijiy til” nomli darslik mazmuniha singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetininig  2024 yil 10 maydagi 11-05- 2096/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ va raqamli kompetensiyasini rivojlanganlik darajasini aniqlaydigan indikator va deskriptorlarini joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunini  takomillashtirishga erishilgan.
veb-texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitish metodikasi talabalarning kognitiv va refleksiv sub’ekt-faolligini rag‘batlantiruvchi raqamli-interaktiv ta’lim muhitida semantik muloqot jarayonlarini kommunikativ funksional dinamikasi asosida ma’no shakllanishining kognitiv-prosessual, pragmatik-diskursiv va interpretative jihatdan integrative konstruksiyalash orqali takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar “Xorijiy til” nomli darslik mazmuniga singdirilgan  (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetininig  2024 yil 10 maydagi 11-05- 2096/04-son dalolatnomasi).
talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi veb-interaktiv muloqotda til birliklari va mul’timodal ishoralar o‘rtasidagi leksik-funksional muvofiqlashuvni ta’minlash hamda muloqot barqarorligini interaktiv refleksiya orqali oshirish asosida rivojlanishiga oid takliflar “Xorijiy til” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetininig  2024 yil 10 maydagi 11-05- 2096/04-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’limda ingliz tili yo‘nalishidagi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish, ularning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish, kelajakda talabalarga innovasion vositalar orqali o‘z kontentini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish