Madaminova Rana Yusupbaevnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zbek shevalarida etnomadaniy leksikasining areal tadqiqi 10.00.01. - O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.1.PhD/Fil1411
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Zamira Yuldashevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Doniyor Tohirovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor v.v.b., Darveshov Ibrohim O‘rmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor v.v.b.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalari etnomadaniy 
lug‘aviy birliklarining leksik-semantik va areal xususiyatlari, ularning atalish motivatsiyasi qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
 Qoraqalpog‘istondagi qipchoq guruh o‘zbek shevalarining qadimiy mahalliy lahja va sheva leksik fondidagi milliy marosim va an’analar, urf-odatlar, xalq e’tiqodiga xos birliklar qatlamining leksik-semantik xususiyatlari va sheva arealdagi umumturkiy hamda o‘zbek tilidagi so‘z va iboralarning  etnomadaniy lug‘aviy shakllarning lisoniy asoslari antroposentrik tilksunoslikniing nazariy yutuqlariga tayanib asoslangan;
faqat shevada qo‘llanuvchi urf-odatlarni ifodalanuvchi sirg‘a saliu,chachiu chashdi, kisa qarar, ko‘cha qada,to‘sh qada, nonsindirar, quda tushdi, qiz ayttirar, poyondoz soldi, oyoqbosar, oynako‘rsatar etnografizmlarning leksik xususiyatlari Qoraqalpog‘iston hududidagi “y” lovchi va “j” lovchi guruh qipchoq guruhlar nutqidagi qo‘llanish holatlari, etnolingvistik xususiyatlari qiyosiy asosda isbotlangan; 
Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalari fondidagi qaptali, bashi, qiyshiq/iyri, bardi/keldi, kirdi/chiqti,  adam/kishi, el/jurt, suq, tuv, quv, kabi etnomadaniy lug‘aviy birliklarning polisemantiklik (ko‘p ma’nolilik), antonimlik (zid ma’nolilik), sinonimlik (ma’nodoshlik) va kabi birliklarning omonimlik (shakldoshlik)ni yuzaga kelishidagi etnolisoniy va lingvomadaniy o‘rni ochib berilgan;
hudud shevalari, xususan, shimoliy-sharqiy guruh qipchoq shevalariga mansub ma’raka, azador, azayopti, azadan chiqdi, oqsolar singari etnografik motam,  kelin salom,  bet achar,  kuyew suzildi // belbaw chechar,  belim sindi, kampir o‘ldi, to‘s qa:da kabi to‘y marosimlarini ifodalovchi ko‘plab ennografistik birliklar va vositalarning etnogenetik asoslari dalillngan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalarining etnomadaniy lug‘aviy birliklarining leksik-semantik tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘zbek-qipchoq shevalari etnomadaniy lug‘aviy birliklarining lisoniy asoslari va tamoyillari xalq turmush tarzi, ijtimoiy-siyosiy jarayon, etnik birliklar, madaniy muhit bilan bog‘liq hudud sirg‘a saliu,chachiu chashdi, kisa qarar, ko‘cha qada,to‘sh qada, nonsindirar, quda tushdi, qiz ayttirar, poyondoz soldi, oyoqbosar, oynako‘rsatar etnografizmlari etnolingvistik jarayonlarning bugungi holatining ko‘rinishi qiyosiy-tarixiy, etnolingvistik tamoyillar asosida ochib berilgan xulosalardan Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 0l-295-sonli ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning VII. “Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, davlat tilida ish yuritish  bo‘limida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 10-oktyabrdagi №01/13-146-sonli ma’lumotnomasi).Natijada millatning etnomadaniy lug‘aviy birliklari shu hududdagi xalqlarning qadim mentaliteti, an’analari, urf-odatlarini o‘zida aks ettirishi, tilning taraqqiyot bosqichlarida milliy til shakllanishining grammatik qurilishida ro‘y beradigan turli o‘zgarishlar xususiyatlarini oydinlashtirishga erishilgan.
      Qoraqalpog‘iston hudud shevalaridagi kelin salom,  bet achar,  kuyew suzildi // belbaw chechar,  belim sindi, kampir o‘ldi, to‘s qa:da etnografizmlari mavzuiy-semantik xususiyatlarining genetik shakllanish tarkibi salmoq jihatidan ko‘pligi aniqlanib, ularning o‘ziga xos fonetik, leksik-semantik, grammatik xususiyatlari asosli dalillangan ilmiy to’xtam va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A3-G003 “Qaraqalpoq folklori leksikasining idioetnik semantikasi (xalq marosim qo‘shiqlari)” mavzusidagi amaliy tadqiqot  loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 25-oktyabrdagi №418/1-son ma’lumotnomasi). 
        Dissertatsiya yangi materiallar bilan boyitilgan, jumladan, hudud shevalaridagi etnomadaniy lug‘aviy birliklarning turlari bilan bog‘liq urf-odat va marosimlarni ma’raka, azador, azayopti, azadan chiqdi, oqsolar ifodalovchi so‘zlarning tarixiy ildizlarini tahlil qilishga erishilgan; insonning tug‘ilishi, yoshi va oila qurishi bilan bog‘liq etnomadaniy lug‘aviy birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari va hudud shevalariga munosabati xalq og‘zaki ijodi materiallari asosida aniqlangan ilmiy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston radiokanalining „Musiqiy dam olish dasturlari“ bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan „Tilge itibar – elge itibar“ eshittirishi ssenariysini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokomponiyasining 2023-yil 27-sentabrdagi №05-22/489-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘pgina adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarning mazmun-mohiyati yosh avlodni milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi g‘oyalar bilan boyishiga xizmat qilgan. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish